“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 11:24
ЎЗO‘Z

Masofadan o‘qitilgan va 3 yillik sirtqi ta’lim diplomlari O‘zbekistonda tan olinmaydi

27 avg, 20:26 4 257 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Masofadan o‘qitilgan va 3 yillik sirtqi ta’lim diplomlari O‘zbekistonda tan olinmaydi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekistonda xorijiy OTM tomonidan berilgan masofadan o‘qitilgan va 3 yillik sirtqi ta’lim diplomlari tan olinmasligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayni paytda O‘zbekistonda oliy ta’lim, kunduzgi, kechki va sirtqi shaklda olib boriladi. Amaldagi qonunchilikda oliy ta’lim olish uchun masofaviy ta’lim shakli nazarda tutilmagan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-sonli qarori bilan bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob 36-bandida ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan ta’lim shaklida olingan bo‘lsa tan olishni rad etishga asos bo‘lishi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan xorijiy OTMlarda masofadan turib o‘qigani uchun berilgan diplomlar O‘zbekistonda tan olinmaydi.

Bundan tashqari, bir qator xorijiy OTMlari tomonidan bakalavriat uchun 3 yil yoki undan kam muddatga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga taklif etilmoqda.

Yurtimizda sirtqi ta’limda o‘qish muddati 5 yil etib belgilangan bo‘lib, xorijiy davlatlarda kasbiy ma’lumot to‘g‘risida hujjat beradigan ta’limning umumiy me’yoriy davri (to‘liq umumiy o‘rta yoki o‘rta ma’lumot olingandan keyin) O‘zbekiston ta’lim standartlarida nazarda tutilgan davrdan ikki yildan kam bo‘lsa hujjatlarni tan olish rad etilishi belgilangan.

Shunday qilib, xorijiy OTMlarning bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shaklida 3 yil yoki undan kam muddatda o‘qib olingan diplomlari O‘zbekistonda tan olinmaydi.

Quyidagi holatlarda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar maxsus sinovlarsiz tan olinadi:

1. O‘zbekiston hududida filiallari mavjud OTMlarni tugatganlar;
2. Dunyo universitetlari reytingida TOP-1000talikka kirgan OTMlarni tugatganlar;
3. Mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar hisobidan xorijiy OTMlarni tugatganlar;
4. 1992 yil 1 yanvargacha xorijiy OTMlarga o‘qishga kirganlar;
5. Yevropa sifat kafolati assotsiatsiyasi (ENQA) tomonidan akkreditatsiyalangan OTMlarni tugatganlar;
6. AQSh, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining vakolatli organlari tomonidan akkreditatsiyalangan OTMlarni tugatganlar;
7. Mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun O‘zbekiston vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan xorijiy OTMlarni tugatganlar;
8. O‘zbekiston Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlar bo‘yicha xorijiy OTMlarga maqsadli o‘qishga yuborilganlar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 0
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 2
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 266
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 155
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 241
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 131
  • So'nggi yangiliklar
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 0
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 1
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 1
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 3
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 6
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 106
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 8
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 119
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 91
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 54
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 14
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • Bo‘limlar