“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 05:23
ЎЗO‘Z

Tokio Olimpiadasiga yana bitta yo‘llanma qo‘lga kiritildi

25 avg, 16:20 2 393 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tokio Olimpiadasiga yana bitta yo‘llanma qo‘lga kiritildi Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, o‘zbekistonlik kanoechi qizlar Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova 500 metrga juftlik yo‘nalishida kechgan bahsda Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Final bellashuvida O‘zbekiston vakillarii beshinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi. Reglamentga ko‘ra, dastlabki sakkiz o‘rinda marraga kelgan qayiq egalari kelasi yili Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishar edi.

Kanoeda eshkak eshish, JCh. Vengriya
Juftlik, 500 metr:
1. Sun / Su (Xitoy) – 2:02.81
2. Takash / Balla (Vengriya) – 2:04.49
3. Klimova / Makarchanka (Belarus) – 2:07.74
4. Yan / Preller (Germaniya) – 2:08.18
5. Rahmatova / Zokirova (O‘zbekiston) – 2:08.47

Shu tariqa terma, O‘zbekiston terma jamoasining Tokio-2020 Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni 3taga yetdi. Bundan avval tennischi Denis Istomin hamda velosportchi Olga Zabelinskaya yo‘llanma egalariga aylanishgan edi.

«O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi sportchi qizlarimiz, ularning yaqinlari va millionlab hamyurtlarimizni bunday muvaffaqiyat bilan muborakbod etib qoladi», deyiladi MOQ xabarida.
Ma’lumot uchun, Nilufar Zokirova va Dilnoza Rahmatova bugungi bellashuvlar davomida 200 metrga juftlik yo‘nalishida ham finalda startga chiqishadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 41
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 193
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar