“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 17:54
ЎЗO‘Z

Prezident: «Hokimlar maktab va bola tarbiyasi masalasi bilan umuman shug‘ullanayotgani yo‘q»

24 avg, 15:29 2 636 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: «Hokimlar maktab va bola tarbiyasi masalasi bilan umuman shug‘ullanayotgani yo‘q» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz nashrining ma’lum qilishicha, davlat rahbari yig‘ilish davomida hokimlarning ta’lim tizimiga e’tibor qaratmayotgani haqida ham gapirib o‘tgan.

«Qaysi viloyat, tuman va shahar hokimi o‘zining falon sonli maktabini yoki fanlar bo‘yicha biror bir o‘qituvchisini namuna qilib, g‘urur bilan maqtana oladi. Ming afsuski yo‘q. Chunki hali hokimlar maktab va bola tarbiyasi masalasi bilan, to‘g‘risini aytadigan bo‘lsak, umuman shug‘ullanayotgani yo‘q.

Bugun chet eldan qancha-qancha investitsiya olib kelyapmiz. Qancha-qancha yangi korxonalar quryapmiz. «Aqlli shaharlar», «Aqlli uylar» qurish rejasini tuzyapmiz. Atom elektr stansiyasi barpo etishni boshladik. Bularning hammasida ishlash uchun yuksak bilimli, xorijiy tillarni, zamonaviy texnologiyalarni chuqur egallagan yoshlar kerak. Agar maktablarimiz ahvoli shunday bo‘lsa, qayerdan topamiz bunday kadrlarni?» - deya aytib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 63
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 92
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 554
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 519
  • So'nggi yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 0
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Bo‘limlar