“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 21:38
ЎЗO‘Z

Andijonda sohta IIB tergovchisi qoʻlga olindi

22 avg, 13:20 3 900 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda sohta IIB tergovchisi qoʻlga olindi Fuqaro E.Gʻning Andijon viloyati IIB qilgan murojaatiga koʻra, joriy yilning 25-iyun kunidan 16-avgust kuniga qadarli boʻlgan vaqt oraligʻida ismini “Sardor” deb tanishtirgan fuqaro oʻzganing mulkini tovlamachilik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida oʻzini viloyat IIBda tergovchi lavozimda ishlashligini aytib, fuqaro E.Gʻning shaxsiy hayotiga oid sir saqlanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilish hamda bu uchun jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortirib yuborishligi bilan qoʻrqitib, undan 300 AQSH dollari talab qilgan. Fuqaro E.Gʻning qoʻrqib ketgani va yordam berishni iltimos qilganidan foydalanib, undan 200 AQSH dollari, 225 ming soʻm puli boʻlgan plastik kartasini va narhi 950 ming soʻmga teng boʻlgan “RedMI A5” rusumli mobil telefon vositasini olib, tovlamachilik jinoyatini sodir etgan.

Olingan tezkor maʼlumotga asosan, joriy yilning 16-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Oʻz havfsizligi boshqarmasi Andijon viloyati boʻyicha boʻlimi hamda jinoyat qidiruv boshqarmasining masʼul xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi. Oʻzini IIB xodimi “Sardor” deb tanishtirgan shaxs boshqaruvida boʻlgan “Matiz” rusumli avtomashina toʻhtatib tekshirib koʻrilganida, avtomashina saloni va yukxonasida fuqaro E.Gʻ ga tegishli boʻlgan 1 dona plastik kartochka, qoʻrqitish yoʻli bilan E.Gʻ nomidan yozilgan tushuntirish xati borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan oʻtkazilgan surishtiruv ishlari davomida, oʻzini viloyat IIB da tergovchi boʻlib ishlovchi “Sardor” deb tanishtirgan shaxs, aslida fuqaro A.A ekanligi, ichki ishlar idoralari tizimida esa umuman faoliyat yuritmasligi maʼlum boʻldi.

Yuqoridagi holat yuzasidan fuqaro A.A ga nisbatan 2019-yilning 16-avgust kuni Andijon shahar IIOFMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. 2019-yilning 17-avgust kuni fuqaro A.A Oʻzbekiston respublikasi JK 165-166 moddalari bilan sudda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, shu kundan boshlab unga nisbatan jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudi tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻlanildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 136
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 166
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 220
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 263
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 57
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 1
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 0
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 5
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 44
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Bo‘limlar