“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 17:44
ЎЗO‘Z

Jurnalistlarga tajovuz qilgan hokim o‘rinbosarining «yangi qirralari» ochildi

19 avg, 18:43 7 797 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jurnalistlarga tajovuz qilgan hokim o‘rinbosarining «yangi qirralari» ochildi Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobovning «Kun.uz» sayti jurnalistlariga qilgan tajovuzidan xabaringiz bor. Ayni holat shu kunlarda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotganidan ham voqifsiz.

«Xabar.uz» o‘z manbalari orqali tuman hokim o‘rinbosari faoliyatiga oid muhim nuqtalarni aniqladi.

Ixtiyorimizdagi hujjatlarni gapirtirsak, Olmazor tuman ma’muriy sudining shu yil 18 apreldagi qarori bilan A.Vahobov Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning (MJtK) 43-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, eng kam ish haqining bir barobari (202 730 so‘m) miqdorida jarima jazosiga tortilgan. Mazkur modda «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish» deb nomlanib, unga ko‘ra mansabdor eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima jazosiga tortiladi.

Bu o‘rinda gap sudning tuman hokimi o‘rinbosariga tayinlagan jazo miqdorida ketayotgani yo‘q. Eng kam ish haqining bir barobari miqdorida jarima soldimi yoki uch barobari miqdoridami — ayni paytda ahamiyatsiz. Gap mansabdorning jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashda qonun hujjatlarini buzgani va bu sud tomonidan tasdiqlanganida!

Biroq tayinlangan jazodan kelib chiqib, sud mansabdorga nisbatan mehribonlik qilibdi-ku, deyish ham mumkin. Va bunda mantiq ham yo‘q emas.

Nega desangiz, A.Vahobov javobgarlikka tortilganidan 73 kun (!) o‘tib, uni yana ma’muriy huquqbuzarlikka tortish to‘g‘risida ikkinchi (!) «delo» yana shu sudga kelib tushadi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari yana MJtK 43-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgani aks etadi.

Olmazor tuman ma’muriy sudi ikkinchi martasiga huquqbuzarning «belini chiqarib» yuborguday jarimaga mustahiq etgandir, desangiz adashasiz. Sud uni qayd etilgan moddada nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganini e’tirof etsa-da, jazo tayinlashda, darhaqiqat, mehribonlik qilgan ko‘rinadi: ogohlantirish bilan ishni tugatadi!

Shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazoning o‘ziga xos tartibi mavjud: yengilidan boshlab og‘irlik sari ketaveradi. Eng yengili — ogohlantirish. Muhtaram A. Vahobovga kelganda aksi bo‘lganga o‘xshaydi: avvaliga jarima, keyin ogohlantirish!

Bunaqasi kam uchraydi. Nima dedingiz?




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 63
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 92
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 554
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 519
  • So'nggi yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 0
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Bo‘limlar