“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 16:48
ЎЗO‘Z

Uyg‘ur olimasi AQShning Xitoy bilan munosabatlariga mas’ul etib tayinlandi

17 avg, 17:47 3 351 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uyg‘ur olimasi AQShning Xitoy bilan munosabatlariga mas’ul etib tayinlandi Foto: Oq uy
AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Xitoy bilan aloqalar departamentiga uyg‘ur millatiga mansub olima Elnigor Iltebir (Elnigar Iltebir) rahbar etib tayinlandi. Oq uy ma’muriyati tomonidan qabul qilingan ushbu qaror tahlilchilar tomonidan Xitoyga nisbatan o‘ziga xos ogohlantirish sifatida baholanmoqda.

Milliy xavfsizlik kengashi Qo‘shma Shtatlarning ichki va tashqi siyosati yo‘nalishlarini belgilab beruvchi strategik ahamiyatga ega tuzilma sanaladi. Foreign Policy nashriga ko‘ra, ushbu qudratli idora rahbarlik lavozimlaridan biriga uyg‘ur olimasining tayinlanishi Vashington va Pekin o‘rtasidagi muzokaralarga shubhasiz ta’sir ko‘rsatadi.

Elnigor Iltebir – shinjonlik taniqli olim va jurnalistning qizi. Jorj Vashington universiteti hamda Harvard universiteti Davlat boshqaruvi oliy maktabida tahsil olgan. 2015 yili xalqaro xavfsizlik va iqtisodiy siyosat yo‘nalishida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. «Xitoyning Sharqiy Turkistondagi uyg‘urlar ustidan yuritayotgan demografik siyosati» nomli kitob muallifi.

Elnigor Iltebir (chapda) singlisi Eldiydor bilan. Foto: Washington Post.
Iltebir xonim Milliy xavfsizlik kengashi departamenti rahbari sifatida prezident va Oq uy rasmiylariga Xitoyga nisbatan siyosat yuzasidan maslahatlar beradi, Vashingtonning Pekin bilan munosabatlarini muvofiqlashtiradi, xususan, savdo, qurolli kuchlar va inson huquqlariga doir masalalarni nazorat qiladi.

Vashington uchun Pekin bilan munosabat dolzarb ahamiyatga ega. Zero, Xitoy dunyoda nufus bo‘yicha birinchi, nufuz bo‘yicha esa ikkinchi mamlakat sanaladi. Ikki o‘rtada savdo urushi alanga olgan hozirgi paytda esa o‘zaro robitalar yanada taranglashgan.

Ayni choqda, AQSh rahbariyati Xitoyning Shinjon-uyg‘ur muxtor o‘lkasida yashovchi musulmon aholi, xususan, uyg‘urlarga nisbatan yuritayotgan siyosatini keskin tanqid qilmoqda. Uyg‘ur olimasining Xitoy bilan munosabatlarga mas’ul etib tayinlanishi esa chindan ham ramziy ma’noga ega. Demak, yaqin muddatda AQSh Xitoyga nisbatan siyosatda inson huquqlari masalasiga yanada jiddiy e’tibor qaratsa ajab emas.

AQSh davlat departamenti hisobotiga ko‘ra, Xitoy tomoni Shinjon-uyg‘ur muxtor o‘lkasida yashovchi 800 mingdan 2 milliongacha uyg‘ur, qozoq va boshqa millatlarga mansub musulmonlarni lagerlarda tutqunlikda saqlamoqda. Qayd etilishicha, sudsiz, tergovsiz joriy etilgan ushbu jazo usuli mahalliy musulmonlarni o‘z dini va milliy o‘zligidan mahrum etish va to‘liq xitoylashtirishga qaratilgan. Davlat departamenti hisobotida lagerlarda ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik avj olgani, shinjonlik musulmonlar namoz o‘qigani yoki ro‘za tutgani uchungina jazolanayotgani xabar qilingan.

Prezident Donald Tramp global miqyosda diniy erkinliklarni qo‘llab-quvvatlashni tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilgani ma’lum. Inchunin, Oq uy ma’muriyati Shinjon-uyg‘ur muxtor o‘lkasida mahalliy musulmonlar huquqlari buzilishi yuzasidan ham rasmiy Pekinga ko‘pdan beri e’tiroz bildirib keladi. Qo‘shma Shtatlar Xitoy rahbariyatidan «madaniy genotsid»ni to‘xtatishni talab qilarkan, aks holda, iqtisodiy jazo choralari joriy etilishidan ogohlantirgan. AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo esa uyg‘ur musulmonlariga nisbatan amalga oshirilayotgan zo‘ravonliklarni «asr sharmandaligi» deb atagan.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi ham Shinjon-uyg‘ur muxtor o‘lkasida ko‘p sonli yopiq lagerlarda mahalliy musulmonlar tutqinlikda saqlanayotganini qoralagan.

Xitoy tomoni esa yopiq lagerlarda uyg‘urlar va boshqa kam sonli millatlarga mansub musulmonlar qiynoqqa solinayotgani haqidagi xabarlarni inkor etadi. Rasmiy Pekinga ko‘ra, ekstremizmga moyil aholini qayta tarbiyalashga yo‘naltirilgan ta’lim va kasb-hunar markazlari faoliyati noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 176
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 75
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • Bo‘limlar