“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 10:22
ЎЗO‘Z

Adliya vazirligining vakolatlaridan biri qisqaradi

17 avg, 15:13 1 809 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Adliya vazirligining vakolatlaridan biri qisqaradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun deputatlar tomonidan 16 ta masala muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Xususan:
— “Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi;
— “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari.

Shuningdek:
— “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida»gi;
— “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 96 va 117 moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi;
— “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari va yana boshqa qator masalalar kun tartibidan o‘rin olgan.

“Yuksalish” umummilliy harakati xabariga ko‘ra, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini maqsadi — idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar normalarini yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatlariga o‘tkazish hamda qonunchilikni tizimlashtirish doirasida har bir idoraning vakolatini bosqichma-bosqich kamaytirish va bekor qilish bo‘yicha tegishli vazifalarni amalga oshirish.

Shunga ko‘ra, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish tartibini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakolatidan chiqarilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanishi bo‘yicha o‘zgartirish kiritish nazarda tutilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritiladi 12 sen, 14:23
  • Adliya vazirligi ayrim vakolatlaridan mahrum bo‘ldi 12 sen, 12:00
  • Avtomobillar uchun yangi yig‘im joriy etiladi 07 sen, 12:30
  • Konstitutsiyaga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritildi 07 mar, 08:48
  • Senatning navbatdagi yalpi majlisida qanday qonunlar ko‘rib chiqiladi? 23 iyun, 08:02
  • Senat majlisida DXX, to‘ylar va 500 so‘mlik tangalar masalalari ko‘rib chiqiladi 17 mar, 18:45
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroqda ISHIDning xazinasi topildi 17 apr, 08:56 447
  • Qozog‘istonda Su-30 qiruvchi samolyoti falokatga uchradi 17 apr, 08:30 320
  • Yangi Zelandiya chekishni butunlay taqiqlash bo‘yicha muhim qadam qo‘ydi 17 apr, 08:00 308
  • DXX xodimlari Andijonda 100 gektar yerni 128 ming dollarga sotishga uringan hokimiyat xodimini ushladi 17 apr, 07:30 472
  • Xitoy yigit bilan saharlik va iftor qildim... 17 apr, 00:48 1 048
  • Yangiyo‘lda yuk mashinasi yonib ketdi 17 apr, 00:10 703
  • Viktor Jalilov: "Darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi" 16 apr, 23:43 653
  • Islombek Ismoilov: "Navbahor" bilan durang adolatli natija bo‘ldi" 16 apr, 23:25 665
  • Mikael Sekeyra: O‘zbek futboliga moslashishga to‘g‘ri kelyapti 16 apr, 23:00 766
  • Italiya matbuotida «diktator-tarbiyasiz» bahsi: Erdo‘g‘an bir hafta kutdi, Dragi esa ortga qaytmadi 16 apr, 22:28 489
  • Qanday ichimliklar ozishga yordam beradi? 16 apr, 21:43 911
  • To‘rt viloyatda ehtiyojmand oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga qaratilgan loyiha ishga tushirilmoqda 16 apr, 21:10 923
  • Bo‘limlar