“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 21:55
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda qizlar uchun nikoh yoshi qonunan 18 yosh etib belgilanmoqda

17 avg, 16:03 5 067 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda qizlar uchun nikoh yoshi qonunan 18 yosh etib belgilanmoqda “O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi doirasida ushbu masala ko‘rib chiqilib, ma’qullandi. Endi loyiha navbatdagi yalpi majlisda ko‘rib chiqiladi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 1-moddasiga ko‘ra 18 yoshga to‘lmagan har qanday inson bola hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga 1992 yil 9 dekabrda qo‘shilgan. Biroq O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligida o‘n sakkiz yoshga yetmagan shaxsni nikoh tuzishga (turmushga chiqishiga) ruxsat berilishi haqidagi normaning mavjudligi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari va prinsiplariga muvofiq emas edi.

Oila kodeksining 15-moddasi birinchi qismi bilan nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanmoqda. Amalda esa 17 yosh.
Ma’lumotlarga ko‘ra, FHDYo organlari tomonidan 17 yoshda nikohi qayd etilgan xotin-qizlar soni 2016 yilda 4233 tani, 2017 yilda 4853 tani va 2018 yilda 5123 tani tashkil etgan. Qonun qabul qilinishi xotin-qizlarning erta nikohi va erta tug‘uruqning oldini olishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida xorijiy mamlakatlarda nikoh yoshini belgilanganligi holati ham o‘rganilgan. Jumladan, Rossiya, Armaniston, Tojikiston, Ozarboyjon, Ukraina, Moldova, Fransiya, Germaniya va Filippin Respublikasida nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilangan.

“Uzoq vaqtdan beri ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lib kelayotgan nikoh yoshi masalasida hechdan ko‘ra kech bo‘lsa ham mantiqli qarorga kelinayotgani ko‘pchiligimiz uchun rozi bo‘lishga arzirli hol”, - deb yozadi deputat.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 2
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • So'nggi yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 47
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Bo‘limlar