“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:33
ЎЗO‘Z

Poroshenkoga so‘roq qilinganidan keyin tuxumlar uloqtirildi

13 avg, 07:06 3 587 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Poroshenkoga so‘roq qilinganidan keyin tuxumlar uloqtirildi Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko davlat tergovlar byurosi binosidan chiqqandan so‘ng noma’lum shaxslar unga tuxumlar uloqtirdi, deb xabar beradi RIA Novosti axborot agentligi.

Ta’kidlanishicha, tuxumlar jurnalistlarga, Poroshenko tarafdorlariga hamda politsiya xodimlariga ham tekkan.

So‘roq "Pryamoy" kanalini sotib olayotganda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holati bilan bog‘liq bo‘lgan va deyarli uch soat davom etgan. Undan keyin sobiq prezident jurnalistlar bilan qisqacha suhbatlashib jo‘nab ketgan.

Poroshenkoning advokati Igor Golovanning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, so‘roq paytida sobiq davlat rahbari «Kuznitsa na Rыbalskom» zavodining sotilish ishi bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar bergan.

Advokat, shuningdek, Poroshenko uchta ish bo‘yicha guvoh sifatida o‘tayotgani, so‘roq vaqtida unga yana bitta ish haqida ma’lum qilinganini ta’kidlab o‘tgan.

Ukraina davlat tergovlar byurosi direktori Roman Truba sobiq prezidentning keyingi so‘roq qilinishi poligraf yordamida o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Avvalroq Truba Poroshenko va boshqa mansabdor shaxslarga qarshi 11 ta jinoiy ish olib borilayotganini ma’lum qilgandi. O‘z navbatida. Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko sobiq prezident barcha holatlar bo‘yicha guvoh sifatida o‘tayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Poroshenkoning o‘zi Ukraina xalqi oldida javobgar ekanligi va ta’qib qilinishdan qo‘rqmasligini aytgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar