“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 03:44
ЎЗO‘Z

Turkmaniston prezidenti ta’tilni qanday o‘tkazayotgani namoyish qilindi (foto, video)

05 avg, 10:30 3 816 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkmaniston prezidenti ta’tilni qanday o‘tkazayotgani namoyish qilindi (foto, video) Ayni vaqtda ta’tilda bo‘lgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov uni faol ravishda o‘tkazmoqda. Turkmaniston televideniyesi Berdimuhamedovning qanday hordiq chiqarayotgani haqidagi lavhani namoyish qildi.

Lavhada Turkmaniston rahbari erta tongdan velosipedda sayr qilayotgani, yilqichilik majmuasida ahaltaka otini choptirayotgani va Ashxobodning Olimpiya shaharchasida kuch tuzilmalari rahbarlari bilan badantarbiya bilan shug‘ullanayotgani ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, lavhada Berdimuhamedov turli musiqiy asboblar chalayotgani va yangi musiqiy asari ustida ishlayotgani tasvirlangan.

Turkmaniston rahbari, shuningdek, turkman alabayi zotidagi itlar haqidagi kitobini nihoyasiga yetkazgan. Lavha so‘ngida Berdimuhamedov avtomobilda Turkmanistonning bosh diqqatga sazovor joylaridan biri – Qoraqumdagi gaz krateriga borgani tasvirlangan. Mamlakatda ushbu gaz krateri “Qoraqum yog‘dusi” deb ataladi, xorijda esa “Jahannam eshiklari” sifatida ma’lum.

20 iyulda Turkmaniston rahbarining vafot etgani haqida gaplar paydo bo‘lgandi, biroq rasmiy Ashxobod bu mish-mishlarni rad etgan. Ayni vaqtda Turkmaniston prezidenti va hukumati 15 iyuldan 15 avgustgacha ta’tilga chiqqan.
Bungacha Turkmaniston televideniyesi mamlakat rahbarini oxirgi marta 24 iyulda namoyish qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 81
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 165
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 33
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 90
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 244
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 411
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 0
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 0
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 20
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 136
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 81
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 165
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 33
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 67
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 90
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 56
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 138
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 57
  • Bo‘limlar