Rossiya Federatsiyasining Kaspiysk shahrida boks bo‘yicha xalqaro xotira turniri o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning hal qiluvchi bellashuvlarida 5 nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qilishdi va ularning 2 nafari turnir chempioniga aylandi. Finalchilarimiz orasida Abror Qodirov hamda Abdulhay Shorahmatov final jangida muvaffaqiyat qozonishdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 2 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medal jamg‘ardi. G‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz quyidagilar:
Oltin medal: Abror Qodirov Abdulhay Shorahmatov
Kumush medal: Otabek Xolmatov Bilolbek Mirzarahimov Saidjamshid Jafarov
Bronza medali: Shahobiddin Zoirov Akmurad Gaffarov Lazizbek Mullajonov