“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 11:52
ЎЗO‘Z

Prezident qarori: Jasliqdagi koloniya yopiladi

03 avg, 13:03 3 645 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident qarori: Jasliqdagi koloniya yopiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgust kungi PQ-4414-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida”gi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, so‘nggi yillarda mamlakatda sud-huquq sohasida keng ko‘lamli institutsional islohotlar o‘tkazildi, inson huquqlarini ta’minlash, qamoqqa olingan shaxslar va mahkumlarni diniy va siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar huquqlariga rioya qilish, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish borasida xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.

Shu bilan birga, jinoyat-ijroiya amaliyoti tahlili va jamoatchilik bilan bevosita muloqot natijalari jazoni ijro etish tizimida saqlash sharoitlarini yanada gumanitar ko‘rinishga keltirish orqali mahkumlarning huquqlari kafolatini oshirish hamda ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash zarurligini ko‘rsatayotgan edi.

Xabarda ta’kidlanishicha, mazkur tarixiy qaror ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarda qonunga itoatkor xulq-atvorni, shaxs va jamiyatga hurmat munosabatini shakllantirishga yo‘naltirilgan axloqan tuzatish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq davlatning xalqaro arenalarda ijobiy mavqeini ilgari surish maqsadida qabul qilinganligi qayd etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 0
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 297
  • AQSH Toshkent shahri bo‘ylab havo sifatini monitoring qiladigan sensorlar o‘rnatadi 22 apr, 22:30 27
  • 23-30 aprel kunlari uchun tezkor axborot e’lon qilindi 22 apr, 22:11 259
  • “Tolibon” O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi 22 apr, 18:32 150
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 22 apr, 14:50 85
  • So'nggi yangiliklar
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 0
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 0
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 1
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 19
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 11
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 54
  • Ukraina ma’muriyati may oyida frontdagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirdi 23 apr, 08:30 52
  • Germaniya va Britaniyada Xitoy uchun josuslik qilgan shaxslar hibsga olindi 23 apr, 08:10 22
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 19
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi 23 apr, 07:59 83
  • NATO, Rossiya, Ukraina, Xitoy harbiy maqsadlarda 2023 yilda qancha sarfladi? 23 apr, 00:23 129
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 297
  • Bo‘limlar