“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 18:44
ЎЗO‘Z

Tramp: "AQSh Rossiya bilan dushman bo‘lishiga sabab yo‘q"

28 iyul, 08:20 2 798 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp: "AQSh Rossiya bilan dushman bo‘lishiga sabab yo‘q" AQShning Rossiya bilan dushman bo‘lishiga hech qanday asos yo‘q. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp bayonot berdi, deya xabar qilmoqda RIA Novostiga tayanib Kun.uz nashri.

«Rossiya bilan til topishmaslik uchun hech qanday asos yo‘q. Bizning boshqa mamlakatlar bilan til topishmasligimizga ham hech qanday asos yo‘q», — degan Amerika yetakchisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga AQShning maxsus prokurori Robert Myuller tomonidan Rossiyaning 2016 yilgi saylovlarga aralashuvi hamda Amerika prezidentining Rossiya tomoni bilan kelishib olganiga doir tergovi salbiy ta’sir qilgan. «Biz 2,5 yil davomida buni kuzatdik. (...) Va bu sharmandalik», — deb xulosa qilgan prezident.

Myuller hisobotiga ko‘ra, Moskva haqiqatdan ham Amerika saylov jarayoniga aralashgan, biroq mavjud shubha-gumonlar Rossiyaning Donald Tramp bilan aloqalarini tasdiqlash imkonini bermagan.

Amerika yetakchisi, shuningdek, Turkiyaning Rossiyadan S-400 ZRKni xarid qilish qarori xususida ham o‘z fikrlarini bildirdi. Davlat rahbari, AQShning sanksiyalar kiritish tahdidiga qaramay S-400 xarid qilgani uchun Anqarani ayblamasligini aytdi.

«Bu murakkab vaziyat. (...) Ko‘plab holatlar va boshqa muammolar borki, ular Obama ma’muriyati davrida paydo bo‘lgan», — dedi Tramp.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 35
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 81
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 123
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 56
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 67
  • So'nggi yangiliklar
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 0
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 14
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 35
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 80
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 29
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 59
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 89
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 122
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 58
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 75
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 56
  • Bo‘limlar