“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 05:59
ЎЗO‘Z

10 ta gol urilgan o‘yinda «Atletiko» «Real»ni tor-mor qildi

27 iyul, 10:17 3 174 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
10 ta gol urilgan o‘yinda «Atletiko» «Real»ni tor-mor qildi Foto: Twitter/@IChC
Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida 27 iyul, shanba kuni «Atletiko Madrid» hamshahari «Real»ga qarshi maydonga tushdi.

AQShda o‘tgan o‘yinda «Atletiko» «Real»ni 7:3 hisobida taslim qildi. «Matraschilar» safidagi gollarga Diyego Kosta (4 ta), Joau Feliks, Anxel Korrea hamda Vitolo mualliflik qildi. «Real»dan esa Nacho, Karim Benzema hamda Xavi o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Qayd etish joiz, jamoalar 65-daqiqadan boshlab 1 tadan kam o‘yinchi bo‘lib harakat qildi. Diyego Kosta hamda Dani Karvaxal hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Shu tariqa «Real» Xalqaro Chempionlar Kubogi musobaqasini 1 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bilan yakunlashga majbur bo‘ldi.
«Atletiko» esa hozirgacha ikkita o‘yinda g‘alaba qozondi. Simeone shogirdlari 10 avgust kuni «Yuventus»ga qarshi maydonga tushadi.

Xalqaro Chempionlar Kubogi

«Real» — «Atletiko» 3:7
Gollar:
0:1 – 1 Diyego Kosta, 0:2 – 8 Joau Feliks, 0:3 – 19 Korrea, 0:4 – 28 Diyego Kosta, 0:5 – 45, penalti Diyego Kosta, 0:6 – 51 Diyego Kosta, 1:6 – 59 Nacho, 1:7 – 70 Vitolo, 2:7 – 85, penalti Benzema, 3:7 – 89 Xavi.

«Real Madrid» – Kurtua (Navas, 46), Marselo (Beyl, 62), Ramos (Xavi, 62), Odriosola (Karvaxal, 46), Nacho, Isko (Rodrigo, 62), Kroos, Azar (Adri, 62), Modrich (Kubo, 62), Vinisius Junior (Vaskes, 46), Yovich (Benzema, 30).

«Atletiko» – Oblak, Savich (Felipe, 66), Ermoso (Montero, 66), Trippiyer (Karlos Isaak, 65), Lodi (Sanches, 66), Saul (Errera, 66), Koke (Lorente, 66), Lemar (Sanabriya, 66), Joau Feliks (Vitolo, 66), Diyego Kosta, Morata (Korrea, 13; Kamelo, 66).

Ogohlantirishlar: Isko (31), Saul (65), Nacho (88).
Chetlatishlar: Diyego Kosta (65), Karvaxal (65).




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 29
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 28
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 104
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 46
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 74
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar