“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 21:31
ЎЗO‘Z

Saida Mirziyoyeva Irina Viner-Usmonovaga minnatdorlik bildirdi

20 iyul, 18:26 4 060 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saida Mirziyoyeva Irina Viner-Usmonovaga minnatdorlik bildirdi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifasida post qoldirdi. Unda u Moskvada yuniorlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tayotganini xabar qilgan.

Foto: Instagram/Saida Mirziyoyeva
«Mamlakatimiz terma jamoasini kuni kecha Moskvada ochilgan va tarixda birinchi bor o‘tkazilayotgan yuniorlar o‘rtasidagi badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgani bilan qutlayman.

O‘zbekiston sharafini 13-15 yoshli qizlarimiz - Kamila Abdullayeva, Nilufar A’zamova, Madina Irnazarova, Mumtozabonu Ishoqzoda, Madina Yunusova hamda Tahmina Ikromova va Yosmina Rahimova himoya qilmoqda.

Yetuk murabbiylar Tatyana Kun, Valeriya Grudnyak, Ra’no Muhamedova, Yelena Aslanova va Irina Kudryasheva munosib sportchilarni – bo‘lajak Olimpiya chempionlarini tayyorlaganiga ishonchim komil hamda ushbu musobaqa ularning faoliyati va hayotida tarixiy bo‘lishiga umid qilaman.

Omad sizga, aziz hamyurtlar!
Bunday ajoyib tadbirni yuqori darajada tashkil etgani uchun Irina Viner-Usmonovaga alohida minnatdorlik bildiraman!

Bu yerda men ko‘p karra jahon va Yevropa chempionlari, egizak opa-singillar – maftunkor Dina va Arina Averinalar bilan tanishdim», - deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun: Moskvada yuniorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida dunyoning 60 dan ortiq davlatidan kelgan sportchilar ishtirok etmoqda. Ular ham individual dasturda, ham jamoaviy mashqlar bo‘yicha bahs olib boryapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • SSKA afsonasi Akinfeyev Fayzullayevga nega tanbeh berdi? 23 apr, 18:58 117
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 551
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 249
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 74
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi 23 apr, 07:59 209
  • Abbosbek Fayzullayev Vetnamga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi 22 apr, 23:35 367
  • So'nggi yangiliklar
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 0
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 0
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 1
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 2
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 6
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 30
  • SSKA afsonasi Akinfeyev Fayzullayevga nega tanbeh berdi? 23 apr, 18:58 117
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 41
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 61
  • Botir Qodirov Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlarni nima uchun sudga bergani ma’lum bo‘ldi 23 apr, 18:26 150
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 45
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 30
  • Bo‘limlar