“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 15:02
ЎЗO‘Z

43 million so‘m qarzni to‘lamay qochib yurgan shaxs qo‘lga tushdi

19 iyul, 19:15 3 701 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
43 million so‘m qarzni to‘lamay qochib yurgan shaxs qo‘lga tushdi Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor B.Yusupovdan, undiruvchi R.Axadov foydasiga, jami 43 007 650 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.

Ijro harakatlari davomida, B.Yusupovning ijro hujjatida ko‘rsatilgan ro‘yxatda turgan manziliga xolislar ishtirokida chiqilganda, qarzdor ushbu xonadonda yashamayotganligi va uning hozirgi yashash joyi noma’lumligi aniqlanib tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Qarzdor B.Yusupov ro‘yxatda turgan xonadonda yo‘qligi sababli qarzdorga nisbatan 21.02.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasi tartibida qidiruv e’lon qilingan va ijro qilish uchun Nurafshon shaxar IIBga yuborilgan hamda Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan ham qidiruv ishlari olib borilgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasiga ko‘ra qarzdor vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan, Toshkent shahar Yunusobod tumani Matonat m.f.y 58-uy 4-xonadonda yashab kelayotganligi aniqlanib, ushbu haqida tegishli dalolatnoma tuzilib, qarzdorga tegishli birinchi ehtiyojdan tashqari bo‘lgan mol-mulklari xatlanib band solingan.
Shu asnoda qarzdor B.Yusupovdan, undiruvchi R.Axadov foydasiga qarz to‘liq undirib berilib, ijro hujjati amalda to‘liq ijro etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 0
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 9
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 13
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 21
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 16
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 70
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 0
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 0
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 9
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 13
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 129
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 21
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 16
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 22
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 18
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 130
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 70
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 74
  • Bo‘limlar