“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 03:15
ЎЗO‘Z

Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

10 iyul, 21:00 2 670 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Sug‘urta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biridir. Biroq mamlakatimiz moliya bozorida bu xizmatlarning o‘rni hozircha katta emas.

Joriy yilning olti oyida sug‘urta tashkilotlari tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofoti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobar oshgan bo‘lsa-da, sug‘urta tushumi aholi jon boshiga 50 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

Ushbu sohaning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 0,4 foizni tashkil etmoqda. Qiyos uchun, bu ko‘rsatkich Janubiy Koreyada 11 foiz, Germaniyada 6 foiz, Rossiyada 1,5 foizni tashkil etadi.

Buning asosiy sabablaridan biri - sug‘urta xizmatlari yetarli darajada jozibador emasligi. Misol uchun, o‘tgan olti oyda umumiy sug‘urta tarmog‘ida 887 milliard so‘m sug‘urta mukofoti yig‘ilgan bo‘lsa-da, ushbu davrda mijozlarga to‘langan sug‘urta qoplamasining hajmi mukofotning atigi 11 foiziga to‘g‘ri kelgan. Dunyoda esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 50-60 foizdir.

Yig‘ilishda Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasini bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda tubdan isloh qilish masalasi muhokama etildi.

– Sohaga nazoratchi emas, ilg‘or va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barcha ishtirokchilar o‘rtasida chinakam raqobat muhitini yaratib, sug‘urta bozorini rivojlantiradigan tuzilma kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois ushbu inspeksiyani tugatib, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etish taklif qilindi. Mutasaddilarga sug‘urta sohasini o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022 yilgacha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘urta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 baravar oshirish vazifasi qo‘yildi.

Avvalo, aholi va tadbirkorlarning sug‘urtaga ishonchini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Moliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish muddatlari va hujjatlarini qisqartirish, sug‘urta hodisasini adolatli baholash va to‘lovlarni tezkor to‘lash tizimini joriy qilish vazifasi topshirildi.

Sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Jumladan, sug‘urta kompaniyalarining lizing faoliyati bilan shug‘ullanishini rag‘batlantirish va lizing xizmatlari bo‘yicha soliqqa tortish tizimini takomillashtirish vazifalari belgilandi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olish muhimligi qayd etildi. Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini sug‘urtalash xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan subsidiyalash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Milliy sug‘urta kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqishini ta’minlash, ilg‘or korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish orqali xalqaro reytinglar olish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilandi.

Sug‘urta sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlash, mutaxassislarni nufuzli xorijiy bilim yurtlarida o‘qitish va yetakchi kompaniyalarda malakasini oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Mamlakatimizda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish haqida so‘z borar ekan, davlatimiz rahbari bunga puxta tayyorgarlik ko‘rish, tibbiy xizmatlarning minimal ijtimoiy paketini shakllantirish kerakligini ta’kidladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 212
  • O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi? 27 mar, 11:00 57
  • O‘zbekiston bo‘yicha 25-29 mart kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? 25 mar, 14:50 235
  • Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi 25 mar, 10:50 57
  • Ertaga O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda 24 mar, 11:59 76
  • 24 mart kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 23 mar, 13:19 119
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 50
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 58
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 48
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 36
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 33
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 28
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 35
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 33
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 165
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 274
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 23
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Bo‘limlar