“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 04:12
ЎЗO‘Z

«Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri e’lon qilindi

08 iyul, 10:39 3 187 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri e’lon qilindi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 29 aprelda qabul qilingan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 613–II-son Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlanishi mumkin.

Quyidagilar elektron tijoratning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
- elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
- elektron tijoratda bitimlar tuzishning ixtiyoriyligi;
- elektron tijoratda ishtirok etish sharoitlarining tengligi;
- elektron tijorat sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
- hujjatlarni, shu jumladan elektron hujjatlarni (xabarlarni) bir xillashtirish;
- axborot xavfsizligini ta’minlash;
- tovarlarning (ishlar va xizmatlar), tegishli sifatini ta’minlash;
- elektron tijorat sohasidagi ochiqlik, shaffoflik va aniqlik.

Elektron tijorat ishtirokchisi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq elektron tijorat sohasidagi faoliyatning istalgan turlari bilan shug‘ullanishi mumkin.

Elektron tijorat ishtirokchisi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda, shu jumladan axborot tizimlari, kommunikatsiya texnologiyalari, elektron to‘lovlar tizimlari, sotiladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlarini tanlashda, uning narxini va sotish yo‘nalishlarini belgilashda, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lov shakllarini tanlashida davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Elektron tijoratda bitimlar ixtiyoriy asosda tuziladi.
Elektron bitim shartlari tomonlarning xohishiga ko‘ra belgilanadi, tegishli shartning mazmuni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.

Elektron tijorat ishtirokchilari va davlat organlari elektron tijoratning barcha ishtirokchilari uchun xizmatlardan teng foydalanish sharoitlarini yaratishga majbur.
Elektron tijoratda foydalaniladigan hujjatlar o‘zaro bir xillashtirilishi kerak.

Hujjatlarni bir xillashtirish elektron tijorat sohasidagi vakolatlangan organ tomonidan davlat organlari bilan birgalikda, elektron hujjatlar (xabarlar) bilan o‘zaro almashish, ularni qayta ishlash va saqlash shakllari, standartlari, texnik yo‘riqnomalari va tavsiyalari, tartibi yoki reglamentini belgilash usuli yordamida amalga oshiriladi.

Elektron tijorat ishtirokchilari o‘zaro kelishuv asosida o‘zlariga tegishli hujjatlar shakllaridan foydalanishlari mumkin, agar bu vakolatlangan organ tomonidan belgilangan hujjatlarni bir xillashtirish metodlariga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan normalarga zid bo‘lmasa.

Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati elektron tijoratni rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnik va boshqa shart-sharoitlarini yaratishga yo‘naltirilgan.

Quyidagilar elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
- elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
- biznesni innovatsion rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish, elektron tijoratni rivojlantirish uchun zarur texnik va logistik infratuzilmani shakllantirish;
- elektron tijorat sohasini rivojlantirish maqsadida investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlarni yaratish;
- elektron tijorat ishtirokchilari o‘zaro hamkorligining yangi va samarali shakllarini rag‘batlantirish, zamonaviy biznes-modellarni joriy etish;
- elektron tijorat operatsiyalarini himoya qilish, ishonchliligini va xavfsizligini ta’minlashda elektron tijorat ishtirokchilariga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish;
- tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini ularning elektron tijorat sohasidagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa axborot bilan ta’minlash;
- iste’molchilar huquqlarini va elektron tijorat sub’ektlari manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash;
- elektron tijorat sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-texnik tadqiqotlarni rag‘batlantirish;
- elektron tijorat sohasida xalqaro hamkorlik qilish, elektron tijoratdan foydalangan holda mamlakatning eksport salohiyatini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi elektron tijorat sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

Vakolatli organ:
- elektron tijorat sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- elektron tijorat sohasida davlat dasturlarini shakllantiradi va amalga oshiradi;
- elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
- elektron tijoratni kompleks rivojlantirishni ta’minlash doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda elektron tijorat sohasidagi hujjatlarni bir xillashtirish choralarini ko‘radi;
- elektron tijoratni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- elektron tijorat ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘radi;
- elektron tijorat sohasini innovatsion rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olgan holda, xodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirishda ishtirok etadi;
- elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun servislarni yaratish maqsadida biznes-operatorlar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;
- elektron tijorat sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalar, axborot tizimlari va axborot resurslarini joriy etish, rivojlantirish va integratsiyalashuviga ko‘maklashadi;
- elektron tijorat sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida logistika infratuzilmasini rivojlantirish choralarini ko‘radi;
- manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda elektron tijorat sohasida elektron to‘lovlarning samarali usullari va tizimlarini joriy qilish va ommalashtirish choralarini ko‘radi;
- manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish choralarini ko‘radi;
- elektron tijoratni, shu jumladan transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni o‘rnatadi;
- xalqaro elektron tijorat almashinuvini, turli mamlakatlar yoki mintaqalar bilan hamkorlik qilish, transchegaraviy elektron tijoratning xalqaro qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va elektron imzolarni xalqaro e’tirof etishga yordam beradi;
- elektron tijorat doirasida amalga oshirilgan tranzaksiyalar va bitimlar to‘g‘risidagi o‘rnatilgan tartibda olingan umumlashtirilgan axborotni e’lon qiladi;
- manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda elektron tijorat sohasida tadqiqot va monitoringni tashkil etadi, elektron tijorat hajmlarini hisobga olishni tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘radi;
- elektron tijoratda sotishda muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatini tasdiqlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 83
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 210
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 131
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar