“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 20:32
ЎЗO‘Z

Markaziy Osiyo davlatlari yagona elektr energiya bozorini yaratishadi

07 iyul, 07:47 4 036 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy Osiyo davlatlari yagona elektr energiya bozorini yaratishadi Markaziy Osiyo davlatlari Istanbulda o‘tkazilgan Energetika islohotlari bo‘yicha ikkinchi konferensiya yakunida energetika sohasi islohotlari bo‘yicha hamkorlik qilish hamda yagona elektr energiyasi bozorini yaratishga kelishib oldilar.

Energetika islohotlari bo‘yicha Markaziy Osiyo ikkinchi konferensiyasi joriy yilning 4 iyul kuni Istanbul shahrida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Turkiya Energetika vazirligi ko‘magida o‘tkazildi. Konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston energetika vazirliklari hamda davlat kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir ochilish marosimida Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi bosh direktori Mitxat Jonsiz, O‘zbekiston Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev so‘zga chiqdilar.

O‘zbekiston Energetika vaziri o‘rinbosari o‘z so‘zida elektr energiyasi mintaqaviy birjasini tashkil etishni taklif qildi. Mazkur tashabbus konferensiyaning barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi ushbu tashabbusni amalga oshirishda Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda yordam berishga, o‘z navbatida OTB ham ushbu masalada mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Tadbir doirasida mintaqa davlatlari energiya tizimini integratsiya qilish, shuningdek bu borada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi. Konferensiya yakuni bo‘yicha energetika sohasi islohotlari bo‘yicha hamkorlik qilish hamda yagona elektr energiyasi bozorini yaratish xususida qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Energetika islohotlari bo‘yicha Markaziy Osiyo birinchi konferensiyasi O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan OTB ko‘magida 2018 yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 11
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 41
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 41
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 92
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 78
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 49
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 58
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 32
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 11
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 31
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 73
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 151
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 80
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 46
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 63
  • Bo‘limlar