“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 02:08
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori yangi modellar, ranglar va elektromobillar to‘g‘risida ma’lumot berdi

05 iyul, 11:09 5 386 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori yangi modellar, ranglar va elektromobillar to‘g‘risida ma’lumot berdi UzAuto Motors zavodiga uyushtirilgan press-tur chog‘ida UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov prezident tanqidi masalasida izoh bergan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

R.Rajabovning aytishicha, byudjet toifasidagi to‘liq yig‘iladigan avtomobillar modellari qatorida o‘zgarish bo‘ladi. «Kobalt» o‘rniga yangi model ishlab chiqariladi va u shu yil oxirigacha taqdim etiladi.

SUV toifadagi mashinalar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi, bundan tashqari, yirik tugunli yig‘ish — SKD orqali Toshkentda yig‘iladigan Chevrolet Trailblazer, Chevrolet Equinox va Chevrolet Traverse avtomobillarining ham yil so‘ngiga qadar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Kompaniya bosh direktori O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida ham to‘xtalib o‘tgan. Jahonda elektromobillar sonining tobora o‘sib borayotgani tendensiyasi ko‘zga tashlanayotganini qayd etar ekan, R.Rajabov elektromobillar bozorining 60 foizi Xitoy hissasiga, qolgan qismi boshqa davlatlarga to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan.

Elektromobillar ishlab chiqarishda rentabellikka erishishda dastlab akkumulyatorlar tannarxining pasayishi asosiy masala hisoblanadi. Agar shunga erishilsa, bunday avtomobillarni O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Lekin rivojlangan davlatlardagi texnologiyalar ham hozircha elektromobillar uchun akkumulyatorlar tannarxini arzonlashtirish imkonini bermayapti.

Rustam Rajabov kompaniyaning taxminiy narxi 1 milliard AQSh dollari atrofida ekanligiga ham urg‘u bergan.

Press tur davomida kompaniya ishlab chiqarayotgan avtomobillarni bo‘yashda yangicha ranglardan ham foydalanish yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qilingan. Eksklyuziv buyurtma qilinadigan avtomobillar uchun GK2 — jilosiz qora rangdan foydalaniladi. Shuningdek, GBO — ho‘l asfaltrangning yangi jilosi, GAN — to‘q feruza rang, GD8 — qora tuslardan ham foydalaniladi.

Yangi ranglar sentyabr oyi oxiridan boshlab avtomobillarga sepiladi va to‘rtinchi chorakdan boshlab mijozlarga yetkaziladi. Alohida ta’kidlanishicha, ushbu ranglar GM kompaniyasi bilan aloqador zavodlar ichida faqat O‘zbekistonda joriy etilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 191
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 212
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 370
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 205
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 19
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 49
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 106
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 189
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • Bo‘limlar