“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 05:50
ЎЗO‘Z

Qo‘yliqda «samosud» uyushtirgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi (video)

03 iyul, 16:00 4 269 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qo‘yliqda «samosud» uyushtirgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi (video) «Qo‘yliq» bozorida bir necha fuqarolar tomonidan ikki erkakning kaltaklanishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Bektemir tumani IIB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.

Toshkent shahar IIBB xabarida aytilishicha, hodisa 2 iyul kuni taxminan soat 16:30larda sodir bo‘lgan. Yuqorida ko‘rsatilgan bozor sotuvchilari - Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 30 yoshli S.Sh. va Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, 31 yoshli A.T. Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 35 yoshli J.E.ga tegishli bo‘lgan «Kobalt» avtomobili ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan ochilayotganini payqab qolishgan.

Xabarda aytilishicha, shundan so‘ng S.Sh., A.T. va ushbu bozorning yana bir sotuvchisi Sh.Sh. ushbu hodisa haqida ichki ishlar organlariga xabar bermasdan, voqea joyida payqalgan, muqaddam sudlangan, Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan 40 yoshli S.T. va 39 yoshli A.K.ga hujum qilishgan hamda tan jarohati yetkazishgan.

Ushbu holat yuzasidan S., A. va Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi («Bezorilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. S.T. va A.K. tomonidan avtomobildan pul o‘g‘irlashga urinish holati bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 169-moddasi 2-qismi («O‘g‘irlik») bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 53
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 148
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 40
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 230
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 93
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 36
  • So'nggi yangiliklar
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 1
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 101
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 69
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 186
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 301
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 26
  • Bo‘limlar