“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:44
ЎЗO‘Z

DSQ: Kunlik savdo puli endi tadbirkor ixtiyorida qoladi

25 iyun, 22:00 3 617 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DSQ: Kunlik savdo puli endi tadbirkor ixtiyorida qoladi Onlayn nazorat-kassa mashinalarining (NKM) joriy qilinishi bilan tadbirkorlar naqd pul tushumini o‘zlarining ixtiyorida saqlab qolishi mumkin bo‘ladi. Bu yo‘l bilan tadbirkor naqd puli evaziga tezda mahsulot sotib olishi va uni kirim qilishi imkoni yaratiladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining elektron hisobvaraq-fakturalar tizimi va onlayn nazorat-kassa mashinalarining joriy etilishi yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida xabar berildi.

DSQning soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Nodir Erkayevning ta’kidlashicha, tadbirkorlarning kunlik savdo puli ro‘yxatga olish kitobiga doimiy qayd qilib borilar edi. Onlayn nazorat-kassa mashinalari yordamida bu tizim bekor qilinadi.

«Shuningdek, kun oxiridagi naqd pul tushumini yuritish hisoboti ham amaliyotdan olinadi.

Onlayn nazorat-kassa mashinasini ishlatish uchun ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkor birinchi navbatda davlat soliq organiga onlayn tarzda ma’lumot uzatib turadi. Internet muammoli hududlarda esa NKM uchun ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlar 24 soat ichida tegishli soliq idorasiga tushum haqida axborot yetkazishi kerak bo‘ladi. Berilgan muddat ichida ma’lumot uzata olmaslik holatlari uchraganda ham turli profilaktik yo‘llar orqali tadbirkorlar bilan ishlash, iloji boricha kamroq jazo choralari qo‘llash fikridamiz», — deydi Nodir Erkayev.

DSQ ma’lumotiga ko‘ra, onlayn nazorat-kassa mashinalari bilan tadbirkorlik faoliyatiga inson omilining aralashuvi ham kamayishi kerak. Bu tadbirkorlik sub’ektlarining turli soliq tekshiruvlaridan ozod qilinib, masofadan turib nazorat qilinishi bilan izohlanadi.

Bundan tashqari, Nodir Erkayevning aytishicha, bugungi kungacha soliq organi xodimlari tomonidan tadbirkorlarning o‘z tushumlarini 3 baravardan 10 baravargacha yashirishi holatlari aniqlangan. Agar onlayn nazorat-kassa mashinalari joriy etilsa, tushumlarni bevosita xaridorlar tomonidan nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar