“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:24
ЎЗO‘Z

Tez yordam mashinalari uchun jarimalar bekor qilinishi mumkin

25 iyun, 06:43 4 815 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tez yordam mashinalari uchun jarimalar bekor qilinishi mumkin Joriy yilning 21 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Adolat» SDP fraksiya va partiya Siyosiy Kengashining Ijroiy qo‘mitasi bilan birgalikda o‘tkazilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida deputatlar O‘zbekiston «Adolat» SDP fraksiya a’zolari To‘lqin Abdusattarov, Shuhrat Yakubov, Qodir Jo‘rayevlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va Qonunchilik palatasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 171-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida» gi qonun loyihasini ham ko‘rib chiqishdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Ta’kidlanishicha, loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari sog‘liqni saqlash tizimi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini o‘rganish ishlari yakuniy xulosasi, mutaxassislar bilan olib borilgan amaliy muloqotlar va tahlillar asosida ishlab chiqilgan.

«Tez tibbiy yordam xizmati xodimlari yordamiga muhtoj bemorlar uchun har bir daqiqa, har bir soniya qimmatli. Afsuski, shifokorlarning chaqiruv bo‘yicha joyiga vaqtida yetib borishi bilan bog‘liq muammolar tez-tez uchrab turadi.

Bunga har qanday shoshilinch holatda ham tez tibbiy yordam mashinasi haydovchilarining maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etiladigan yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga majburligi sabab bo‘lmoqda. Ba’zi kechiktirib bo‘lmaydigan shoshilinch holatlarda esa, tez tibbiy yordam xodimlari yo‘l harakati qoidalarini buzishga majbur bo‘lmoqda va javobgarlikka tortilayotgani ma’lum bo‘ldi», — deyiladi partiya axborotida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali tez tibbiy yordam xizmati haydovchilari tomonidan 2017, 2018 yillarda va 2019 yilning yanvar oyida jami 1 644 ta yo‘l harakati qoidalari buzilgani qayd etilgan va bu raqamlar yildan-yilga ortib bormoqda.

Shu maqsadda, fraksiya a’zolari tashabbusi bilan taklif etilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi tez tibbiy yordam avtomashinalarining maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq amaliyotdagi ayrim muammoli holatlar bartaraf etilishiga xizmat qilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 0
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 1
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 11
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 0
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 12
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Bo‘limlar