“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:25
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonlik snayperlar «ArMI – 2019» musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda

24 iyun, 10:20 3 638 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonlik snayperlar «ArMI – 2019» musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda «ArMI – 2019» xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Belarus respublikasida o‘tkaziladigan «Merganlar marrasi» bellashuvida o‘zbekistonlik harbiylar ham ishtirok etadi. Ayni vaqtda nufuzli musobaqaga tayyorgarlik Sharqiy harbiy okrugda qizg‘in davom etmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlash kerakki, nufuzli tadbirning o‘tgan yilgi bahslarida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan mamlakatimiz vakillari 18 davlatning 19 jamoasi ichida munosib qatnashib, 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Bu yilgi bahslarda ishtirok etish uchun 8 nafar mergan Farg‘ona dala- o‘quv maydonida tayyorgarlik olib borishmoqda.

– Belarusda bo‘ladigan musobaqaga 3 ta juftlikni olib ketaman, biroq ayni paytda 4 ta juftlikni tayyorlayapman. Chunki har doim raqobat muhiti bo‘lishi kerak. Shundagina ko‘zlangan maqsadga erishamiz. Merganlarning tayyorgarligi yaxshi. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Jamoamiz bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz, – deydi jamoa rahbari podpolkovnik Qudrat Ergashboyev.

Musobaqa ishtirokchilari asosan 3 ta shart bo‘yicha bellashadi. Har bir shart bir nechta mashqlardan iborat.

Yakuniy natija shartlar davomida to‘plangan ballarning umumiy hisobi bo‘yicha aniqlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar