“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:50
ЎЗO‘Z

Tokio Olimpiadasi uchun boks yo‘llanmalari qay tartibda o‘ynalishi e'lon qilindi

20 iyun, 13:35 3 123 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tokio Olimpiadasi uchun boks yo‘llanmalari qay tartibda o‘ynalishi e'lon qilindi Ayni kunlarda Shveytsariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ko‘rib chiqilgan dastlabki masala kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha bahslarning yo‘llanmalari qay tartibda taqsimlanishi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Ma'lum qilinishicha, Tokio-2020 Olimpiadasida boks bahslari uchun erkaklar o‘rtasida -52, -57, -63, -69, -75, -81, -91 va +91 kg vazn toifalari amal qiladi. Ayollar o‘rtasida esa -51, -57, -60, -69 va -75 kilogramm vazn toifalari bo‘yicha janglar olib boriladi.

Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun jami 63ta litsenziya ajratilib, ulardan 41tasi erkaklar, 22tasi ayollar boksi o‘rtasida taqsimlanadi.

Olimpiya vazn toifalarida qit'alar uchun turli miqdorda yo‘llanmalar ajratildi. Masalan, bizning mintaqamizda -52, -57 va -63 kg vazn toifalariga 6tadan, -69, -75 va -81 kg vazn toifalariga 5tadan, -91 va +91 kg vazn toifalari uchun 4tadan o‘rin ajratilgan. Ayollar toifasida esa -51 kg vazn uchun 6tadan, qolgan kategoriyalarga 4 tadan o‘rin berildi.

Olimpiada uchun saralash turnirlari kelasi yilning yanvar-may oylarida o‘tkazilishi belgilandi. Bu oraliqda 4ta qit'aviy va 1ta jahon miqyosida saralash turnirlari o‘tkaziladi.

Saralash musobaqalari mezbonlari hozircha e'lon qilinmagan.

Yanvar-aprel oralig‘ida barcha qit'alar bo‘ylab mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkazilsa, unda yo‘llanma ololmaganlar uchun 2020 yilning may oyida jahon miqyosidagi lisenzion musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Ma'lumot uchun, Tokio Olimpiadasida boks bellashuvlari 25 iyul-9 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 0
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 2
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 1
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar