“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:33
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda bir qator soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi

18 iyun, 21:09 4 686 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda bir qator soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi Prezidentning «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Bu haqda «Davletovuz» kanali xabar berdi.

Loyihaga ko‘ra, 2019 yil 1 avgustdan boshlab:

- benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali oxirgi iste’molchilariga sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qat’i nazar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi;

- tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan tushum miqdoridan qat’i nazar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadilar. Bunda, tovarlarni birinchi marta import qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlari import shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida hisobda turishi shart;

- yagona yer solig‘i to‘lovchisi hisoblangan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tishi mumkin;

- kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi yuz million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi.

Quyidagilar 2019 yil 1 oktyabrdan bekor qilinadi:

a) quyidagilarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shu jumladan import qilinganda:

- asbest, ko‘mir, yog‘och materiallari, yog‘och va undan tayyorlangan buyumlar, uglevodorod xom ashyosi;
- soya danagi, kungaboqar va kunjut urug‘lari, moyli xom ashyo va shakar xom ashyosi;
- qishloq xo‘jaligi texnikasi, avtotransport vositalari, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik asbob-uskunalar;

b) yuridik shaxslarning tijorat banklariga joylashtirgan mablag‘laridan foiz ko‘rinishida olingan to‘lov manbaini foyda solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyozlar.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi 25 mar, 23:13 73
  • Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi 25 mar, 18:20 64
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: Bitcoin narxi pasaydi va boshqa o‘zgarishlar 24 mar, 21:29 57
  • O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi 22 mar, 10:08 117
  • Prezident elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirishga topshiriq berdi 19 mar, 20:07 67
  • So'nggi yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 0
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 55
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 265
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 64
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • Bo‘limlar