“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 04:29
ЎЗO‘Z

Nikimbayev: «PFLning yangi rahbari Davron Shoqurbonov nohaq ayblangan va keyinchalik oqlangan»

18 iyun, 09:58 2 806 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nikimbayev: «PFLning yangi rahbari Davron Shoqurbonov nohaq ayblangan va keyinchalik oqlangan» Mashhur futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev «Bunyodkor» sport direktori Davron Shoqurbonovning PFLga vaqtinchalik yangi rahbar qilib tayinlanganiga izoh berdi.

Avvalroq, Shoqurbonov va Ravshan Ermatovning otasi Sayfiddin Ermatovning kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganlikda ayblanib, 2007 yilda futboldan chetlatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Davron Shoqurbonov
«Shoqurbonovning tayinlanishi bilan bog‘liq ba’zi xabarlarga izoh berishni istayman.

1. Ha, bunday qaror qabul qilingan. Ammo tez orada bekor qilingan. Ro‘yxatdagi deyarli barcha insonlar yakunda oqlangan. Eng yorqin misol – Jahongir Saidov, u 2018 yili jahon chempionatida ham ishladi.

2. Federatsiyada ishlaydigan xodimlarning aytishicha, bu qaror mashhur shaxs tashabbusi bilan qabul qilingan. U «Quruvchi»ga qarshi o‘yinda «Paxtakor» darvozasiga penalti belgilagan Ravshan Ermatovni jazolamoqchi bo‘lgan. Ammo Ravshan Ermatov Kanadada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga chaqiruv olgani bois, jazodan qutulib qolgan. Biroq uning yaqin do‘stlari va otasi esa ro‘yxatga kiritilgan. Mirabror Usmonov tezda vaziyatga to‘g‘ri baho berib, bu qarorni bekor qilgan. Oqlanganlarning deyarli barchasi yana hakamlikka qaytgan, faqat Shoqurbonov «Bunyodkor» klubiga ishga o‘tib ketgan.

Demak bu maqolani yozgan jurnalist yolg‘on ma’lumot bermagan. Ammo haqiqatni ham to‘liq yoritmagan.

Shoqurbonov haqida gapiradigan bo‘lsam, unda nafaqat hakamlik tajribasi bor, balki «Bunyodkor» klubi, Toshkent shahar Futbol Federatsiyasi va Respublika oliy sport mahorati maktabida ham ishlagan. Menimcha u PFLni boshqarishga loyiq», - deb yozdi Nikimbayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar