“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 14:59
ЎЗO‘Z

Endi talabalarga kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi beriladi

17 iyun, 23:11 4 877 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi talabalarga kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi beriladi 2019/2020-o‘quv yilida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga binoan, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab:

a) oliy ta’lim muassasalariga qabul:

oliy ma’lumotli kadrlarga talab yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uchun davlat buyurtmasi asosida;

oliy ta’lim muassasalarining mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuviga ko‘ra vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda belgilanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, magistratura mutaxassisliklariga bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi;

b) nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining umumiy soniga nisbatan qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi yoki kechki ta’lim shakllaridan biridata’lim olish huquqi beriladi;

v) to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha bosqich talabalariga, o‘z xohishlariga ko‘ra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi beriladi;

g) davlat buyurtmasi parametrlari doirasida oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qitishning to‘lov-kontrakt qiymati tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi o‘qitish shakli uchun belgilangan to‘lov-kontrakt qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;

d) magistr darajasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar qatlamini kengaytirish maqsadida magistraturaga qabul qilishda abituriyentlarning qabul bo‘yicha belgilangan turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari negizidagi magistratura mutaxassisliklaridan tashqari boshqa magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ham tanlovda ishtirok etishiga ruxsat beriladi. Bunda alohida mutaxassisliklar va ularga muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi;

ye) oliy ta’lim muassasalari rektorlariga (filiallar direktorlari) bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda chet el fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash huquqi beriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 542
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 508
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 54
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 152
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 59
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 107
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 55
  • Bo‘limlar