“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 18:29
ЎЗO‘Z

Mamlakatimiz bozorlaridagi narx-navolar (16 iyun holatiga)

17 iyun, 19:47 3 250 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mamlakatimiz bozorlaridagi narx-navolar (16 iyun holatiga) O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettirdi.
Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 16 iyun holatidagi narxlari

Mol go‘shti
28 000 so‘mdan– 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Samarqand shahri «Siyob» bozorida qayd etilgan – 41 000 – 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti
32 000 so‘mdan – 43 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg qo‘y go‘shti uchun poytaxtimizning «Mirobod», «Farhod», «Chorsu» hamda «Qo‘yliq» bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 32 000 dan 42 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg qo‘y go‘shti – 40 000 dan 43 000 so‘mgacha.

Tovuq go‘shti
11 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 11 000 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi «Mirobod» dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 20 000 so‘m.

Guruch
3 500 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtimizning «Farhod» dehqon bozorida qayd etilgan – 3 500 – 12 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Jizzax shaxri Markaziy dehqon bozori, Namanganning «Sardoba» dehqon bozori, Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozori hamda Toshkentning «Chorsu» dehqon bozorida kuzatilgan – 4 000 – 14 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i
7200 so‘mdan – 14000 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 500 so‘mdan – 12 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri "Sardoba» dehqon bozoridaqayd etilgan – 9 000 dan 13 500 so‘mgacha.

Un
1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi «Farhod» bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 200 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi «Mirobod», «Farhod», «Chorsu» va «Qo‘yliq» dehqon bozorlarida qayd etildi — bu summa 1 750 so‘mni tashkil qilmoqda.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 so‘m.
1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha.

Shakar
4 500 so‘mdan – 6000 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi «Mirobod» va «Yunusobod» dehqon bozorlarida kuzatildi – 4 500 – 5 200so‘m.
1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000so‘m.

Tuxum
350 so‘mdan – 700 so‘mgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka
1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi «Chorsu», «Farhod», Farg‘ona Markaziy dehqon bozori, Andijondagi Yangi shahar bozori va Nukus shahar Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi «Chorsu», Guliston shahar Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori, hamda Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 so‘mgacha.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 52
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 60
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 114
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 1
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 57
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 36
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 176
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 46
  • Bo‘limlar