“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 13:57
ЎЗO‘Z

Tramp saylovoldi shtabining bir necha xodimi ma’lumotlar sizib chiqishi sababli bo‘shatiladi

17 iyun, 09:10 2 636 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp saylovoldi shtabining bir necha xodimi ma’lumotlar sizib chiqishi sababli bo‘shatiladi AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi shtabi prezidentning past reytingidan guvohlik beruvchi ichki ma’lumotlarning sizib chiqishi sababli jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha bir qator mutaxassislari xizmatlaridan voz kechadigan bo‘ldi. Bu haqda NBC telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, gap shtab tomonidan joriy yilda avvalroq to‘plangan va e’lon qilish uchun mo‘ljallanmagan ma’lumot haqida bormoqda. Biroq ushbu ma’lumot mart oyida The New York Times nashri, ABC va NBC telekanallari va boshqa bir qator OAV jurnalistlari qo‘liga tushgan.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp 11 ta shtatda saylovchilar orasida ommaviylik bo‘yicha sobiq vitse-prezident Jo Baydendan ortda qolmoqda. Bayden navbatdagi prezident saylovlariga demokratik partiyadan nomzodi ilgari surilishi mumkin va hozirda Trampning eng kuchli raqibi hisoblanadi.

Ma’lumotlarning guvohlik berishicha, prezident saylovlari natijalariga muhim ta’sirga ega hisoblangan ba’zi shtatlarda Bayden Trampni qo‘llab-quvvatlanish bo‘yicha 10-15 foizga ortda qoldirmoqda. Tramp shtabi vakillari ushbu ma’lumotlar eskirib qolganini aytishgan.

Trampning o‘zi esa uning past reytingidan darak beruvchi so‘rovnoma natijalari xato ekanligini ta’kidlab o‘tgan. NBC Tramp shtabining aynan qaysi xodimlari bo‘shatilishiga aniqlik kiritmagan.

AQSh prezidentining 59-saylovlari 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 1
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 96
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 0
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 0
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 94
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • Bo‘limlar