“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 14:31
ЎЗO‘Z

Bosh prokuror o‘rinbosari: «Tashqaridagi aktivni qaytarish oson ish emas»

14 iyun, 19:41 3 237 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuror o‘rinbosari: «Tashqaridagi aktivni qaytarish oson ish emas» Bugun, 14 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan «2019 yilning dastlabki 5 oyi mobaynida prokuratura organlari faoliyati» mavzusidagi brifing vaqtida O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin To‘rayevich Yo‘ldoshev O‘zbekiston Birinchi Prezidentining qizi, korrupsiya ishida ayblanib qamalgan Gulnora Karimova haqidagi savolga javob qaytardi.

«Karimovaning pullarini qaytarish bo‘yicha aytadigan bo‘lsak, bu murakkab jarayon. Bunday ishlar boshqa davlatlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Tashqaridagi aktivni qaytarish oson ish emas», deya Yo‘ldoshevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Gulnora Karimovaga tegishli 800 million frankni o‘zida saqlashni istamayotgan Shveysariya hukumati pullarni O‘zbekistonga qaytarishga shoshmayapti.

2019 yil yanvarida Shveysariya TIV Gulnora Karimovaga tegishli aktivlar taqdiriga qiziqqan DW so‘roviga javob bergandi. Ma’lum qilinishicha, asosiy masala – Karimovaning Shveysariyadagi aktivlarini nima qilish kerakligiga javob topish lozim. Ya’ni aktivlarni qaytarish va ularni qanday sarflash bo‘yicha tomonlar o‘rtasida hujjat imzolanishi zarur.

Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Mansur Maqsudiy Shveysariyaning Der Bund gazetasiga bergan intervyusida uning Shveysariyadagi pullariga da’vo qilayotganini bildirgan.

Gulnora Karimova 2008 yili O‘zbekistonning BMTdagi vakili etib tayinlangandi. Biroq 2013 yili u diplomatik immunitetdan mahrum bo‘ladi va Shveysariya prokuraturasi unga nisbatan pullarni o‘zlashtirish aybi bilan jinoiy ish ochadi. Natijada uning Shveysariya banklaridagi hisobida saqlangan 800 mln frank muzlatib qo‘yiladi.

Gulnora Karimova 2015 yilning avgustida, ya’ni birinchi prezident Islom Karimov davrida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.

Keyinroq Gulnora Karimovaga nisbatan firibgarlik, xorijiy valyutani yashirish, bojxona qonunchiligini buzilishi bo‘yicha yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

2017 yilning 18 dekabrida 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Gulnora Karimovaga jazo 2018 yilning 1 iyulida 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 54
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 542
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 507
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 54
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 152
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 59
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 107
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 55
  • Bo‘limlar