“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 13:59
ЎЗO‘Z

Fransiyada rossiyalik josus fosh etildi

08 iyun, 14:48 3 214 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fransiyada rossiyalik josus fosh etildi Fransiyada rossiyalik josus fosh etildi. “Exo Moskvi”ning yozishicha, diplomat deb taxmin qilinayotgan bu shaxs Jahon antidoping agentiligiga kiberhujum uyushtirish rejasiga yordam bergan.

Maʼlum boʻlishicha, josus Sergey Jyoltikov boʻlib, uni Fransiya va Shveysariya maxsus xizmatlari fosh qilgan. Fransiyaning Monde gazetasi yozishicha, u goʻyoki Rossiyaning Marseldagi bosh konsulligida vitse-konsul sifatida ishlagan. Bunda u diplomatik vakolatxona xodimlari orasida rasman roʻyxatdan oʻtmagan.

Shveysariya maxsus xizmatlariga koʻra, Jyoltikov Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi sayyor guruhi tarkibiga kirgan. Logistika bilan shugʻullanib, rossiyalik Yevgeniy Serebryakov va Aleksey Morensning xafsizligini taʼminlagan. AQSH va Niderlandiya hukumati ularni WADA laboratoriyasiga xakerlik hujumiga tayyorgarlik koʻrishda ishtirok etganlikda ayblamoqda. Ular goʻyoki diplomatlar niqobida harakat qilgan.

Jyoltikov Shveysariyada oʻz missiyasini amalga oshirganidan soʻng Fransiyadan ketgan. Gazeta maʼlumotlariga koʻra, fransiyalik razvedkachilar uni kuzatgan va shveysariyalik hamkasblariga axborot bergan.

Har ikki davlat rasmiylari josus haqidagi axborotlarga izoh bermagan. Rossiyaning Marseldagi bosh konsulligi Monde gazetasi chop etgan maʼlumotlarni tuhmat deb atagan.

Gumon qilinayotgan rossiyalik xakerlar oʻtgan yilning oxiridan beri AQSH Moliya vazirligi sanksiyalar roʻyxatida. Vazirlikning taʼkidlashicha, ular uch yil avval WADA maʼlumotlar bazasini xavf ostida qoldirgan. Serebryakov va Morens boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda ham gumon qilinmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 0
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 1
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 1
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 24
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 19
  • Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi 16 apr, 09:43 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 0
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 0
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 1
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 1
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 23
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 37
  • Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi 16 apr, 11:02 70
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 18
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 7
  • Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi 16 apr, 09:43 86
  • Ukraina kuchlari Qrimdagi Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi 16 apr, 09:41 141
  • AQSH Kiyevning dronlarni yo‘q qilishda yordam berish haqidagi iltimosiga javob qaytardi 16 apr, 09:38 177
  • Bo‘limlar