“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 05:57
ЎЗO‘Z

Tadbirkorlik sub’ektlariga oid prezident farmoni qabul qilindi

08 iyun, 09:45 4 015 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadbirkorlik sub’ektlariga oid prezident farmoni qabul qilindi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Davlat soliq qo‘mitasi va Adliya vazirligining 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus hududiy komissiyalarni tugatish;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida ustav fondi ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmaganligi uchun tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibini bekor qilish;

davlat organlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini joriy etish orqali tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar va tartib-taomillarni qisqartirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq:

a) tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslarni(keyingi o‘rinlarda – korxonalar) ixtiyoriy tugatishda:

bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lonlar berish talab etilmaydi, bunda tegishli ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy saytiga joylashtiriladi;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydi;

davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan, tugatiladigan korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi uch yilni tashkil etadi;

moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat organlaridan korxona to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni olish Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi;

korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak;

b) tadbirkorlik sub’ektlari – jismoniy shaxslar faoliyatini to‘xtatishda ariza beruvchi tomonidan davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasini olish talab etilmaydi;

v) moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatishda:
korxonani moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash uchun asos bo‘ladigan muddat to‘qqiz oyni tashkil etadi;

moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uch yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkaziladi;

harakatsiz rejimga o‘tkazilgan korxonalar faoliyati uch yil davomida tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ularni Tadbirkorlik sub’ektlarining Yagona davlat reyestridan chiqaradi.

Belgilab qo‘yilishicha, Tizimga ulangan davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan tegishli axborotlarning o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli tarzda kiritilishini ta’minlamaslik davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibini buzish deb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Tizimga ulangan davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan tegishli axborotlar o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli tarzda kiritilishi ustidan, shu jumladan, Tizim orqali doimiy nazorat o‘rnatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bir oy muddatda ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining hujjatlarini qabul qilishda arxiv xizmatlarining amaldagi normativ bo‘yicha aniqlanadigan narxlarini ikki barobargacha pasaytirish choralarini ko‘radi hamda natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 234
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 54
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 150
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar