“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2021, 06:16
ЎЗO‘Z

Gretsiya Germaniyadan jahon urushlarida keltirgan zarari uchun 320 mlrd yevro talab qilmoqda

05 iyun, 00:10 2 212 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gretsiya Germaniyadan jahon urushlarida keltirgan zarari uchun 320 mlrd yevro talab qilmoqda Gretsiyaning Berlindagi elchisi Germaniya tashqi ishlar vazirligiga nota topshirdi. Unda Gretsiya hukumati Germaniya tomonini Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida yetkazgan zarari uchun harbiy reparatsiya va tovon to‘lashi borasidagi masalani hal qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga chaqirgan, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Ma’lum qilinishicha, Gretsiyaning da’volari Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida mamlakat va uning xalqiga yetkazilgan zararni qoplash, nemis bosqinchiligi qurbonlari va ularning avlodlariga nisbatan harbiy reparatsiyalar, okkupatsion zayomni va mamlakatdan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan arxeolog va boshqa madaniy boyliklar bilan bog‘liq.

Gretsiya parlamenti 17 aprel kuni hukumatga Germaniyadan Ikkinchi jahon urushidagi yetkazgan zarari uchun 309,5 milliard va Birinchi jahon urushidagi zarari uchun 9,2 milliard yevro harbiy reparatsiya to‘lashini talab qilish topshirilgan rezolyutsiyani qabul qildi. Shu bilan birga, Gretsiya odamlarning o‘limi va nogiron bo‘lib qolganligi uchun tovon to‘lovi miqdorini 107,2 milliard yevro deb baholamoqda.

Partiyalararo komissiyaning ma’ruzasiga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi yillarida Gretsiya 558 ming fuqarosidan ayrilgan, 880 ming kishi nogironga aylangan. O‘sha paytda 7,335 million kishini tashkil etgan mamlakat aholisining 19,7%i urush qurboni bo‘lgan.

Germaniya Afinaning barcha talablarini rad etmoqda. Nemis amaldorlarining so‘zlariga ko‘ra, Germaniya 1960 yilda 115 million marka to‘lab o‘z majburiyatlarini bajargan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Polshada Germaniya prezidenti Ikkinchi jahon urushi uchun uzr so‘radi 01 sen, 18:00
  • Turkiyalik harbiy Gretsiyaga qochib, siyosiy boshpana so‘radi 14 avg, 10:42
  • Germaniya Rossiyadan Ikkinchi jahon urushi paytida olib ketilgan madaniy boyliklar qaytarilishini so‘radi 21 dek, 18:12
  • Turkiya harbiy samolyotlari Gresiya havo chegaralarini buzib kirdi 02 fev, 19:11
  • Gresiya boshpana so‘ragan isyonchilarni qabul qilmadi 17 iyul, 13:18
  • Germaniya Gresiyani evrohududdan chiqarib yuborishga urinmoqda 20 fev, 21:32
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron o‘z neft tankerlariga qaroqchilar uyushtirgan hujumni qaytardi 18 okt, 00:15 179
  • Islom To‘xtaxo‘jayev: "O‘yinni jamoalar emas, hakamlar hal qilganidan keyin alam qiladi. To‘p qo‘limga tegmadi" 17 okt, 23:49 216
  • Amerika snayper miltig‘i o‘rnatilgan robot-it yaratdi (video) 17 okt, 23:25 252
  • Isroilda rus mafiyasi sardoriga bir qancha ayblovlar qo‘yildi 17 okt, 22:58 333
  • Ayiq sirkda hayvon o‘rgatuvchi homilador ayolga hujum qildi 17 okt, 22:39 344
  • Farzandingizni internetda qanday himoya qilishni bilasizmi? 17 okt, 22:08 321
  • "Serbiyalik futbolchilarga O‘zbekistonda yashash va to‘p tepish qulay" - Boyan Matich 17 okt, 21:43 345
  • Mikael Sekeyra: "Andijon" 8-9 nafar futbolchi bilan himoyalandi" 17 okt, 21:22 311
  • Viktor Kumikov: "Nihoyat..." 17 okt, 21:19 320
  • «Olaqarg‘a» milliardlar ustiga qo‘ndi. Bu muvaffaqiyat garovimi? 17 okt, 20:53 401
  • OCHL. Finalda Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya klublari to‘qnash keladi! 17 okt, 20:16 371
  • Viktor Jalilov jamoasining g‘alabasi haqida qanday fikr bildirdi? 17 okt, 20:00 309
  • Bo‘limlar