“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 10:49
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston maktablarida yangi tizim joriy etilishi mumkin

03 iyun, 19:36 3 348 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston maktablarida yangi tizim joriy etilishi mumkin 2021 yil 1 sentyabridan boshlab “Elektron davomat” tizimini O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilishi kutilmoqda.

“Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilishning yagona elektron dasturiy tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror loyihasida Xalq ta’limi vazirligi va Ichki ishlar vazirligining umumta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilishning yagona elektron dasturiy tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berish nazarda tutilgan.

Qaror loyihasiga Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilishni ta’minlovchi “Elektron davomat” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizom ilova qilingan.

“Elektron davomat” tizimining asosiy vazifalari:

- umumta’lim maktablari o‘quvchilari darsga o‘z vaqtida qatnashishini biometrik identifikatsiya tizimlari va boshqa usullar yordamida monitoring qilib borish;

- o‘quvchilarning ta’lim olishiga ko‘maklashish va ta’lim olish jarayoniga o‘z vaqtida ishtirok etishini masofaviy tarzda nazorat qilib borish;

- umumta’lim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish, ular orqali umumta’lim maktablarida ta’lim jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyani oldini olish;

- voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi va ta’lim olishlari uchun javobgarligi bo‘yicha qonunlarda belgilangan normalarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga amaliy asos yaratish;

- ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda farzandlarining umumta’lim maktablaridagi davomati haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borish imkoniyatini yaratish.

“Xalq ta’limi vazirligi:

2020 yil 1 sentyabrga qadar “Elektron davomat” tizimini ishlab chiqib, Toshkent shahridagi umumta’lim maktablariga davlat-xususiy sherikligi asosida sinov tariqasida joriy etsin;

2021 yil 1 sentyabridan boshlab “Elektron davomat” tizimini respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlasin”, deyilgan hujjat loyihasida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 0
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 302
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 423
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 99
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 246
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 183
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 0
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 93
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 72
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 75
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 69
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 67
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 99
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 44
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 148
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 276
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 94
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 223
  • Bo‘limlar