“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2020, 18:45
ЎЗO‘Z

«Andijon» klubiga yangi murabbiy tayinlandi

02 iyun, 18:30 1 463 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Andijon» klubiga yangi murabbiy tayinlandi «Andijon» klubi rossiyalik mutaxassis Aleksandr Xomyakovni rasman bosh murabbiy sifatida e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Viloyatda millionlar o‘yiniga bo‘lgan yuksak e’tibori, jamoamizni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashi, har bir uy uchrashuvlarimizga shaxsan tashrif buyurishi tabiiyki andijonlik minglab ashaddiy muxlislarni quvontirmoqda. «Andijon» jamoasining natijasiga befarq bo‘lmagani uchun ham klubimiz prezidenti bosh murabbiy masalasini zudlik bilan ko‘rib chiqishni, lozim bo‘lsa xorijlik malakali mutaxassisni jalb etish va bu orqali ijobiy natijalarga erishib, Andijon xalqini xursand qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shundan so‘ng klub rahbariyati bir qator tajribali murabbiylar bilan muzokaraga kirishdi va yakunda rossiyalik taniqli murabbiy Aleksandr Xomyakov nomzodida to‘xtalishga qaror qildi.

Ishqibozlarga yaxshi ma’lumki, so‘nggi 10 yilni Muborak «Mash’al» jamoasida samarali o‘tkazgan Aleksandr Andreyevich mamlakatimiz futbolida o‘ziga yarasha hurmat qozongan mutaxassislardan biridir. Eng avvalo ichki imkoniyatdan foydalanib, mahalliy kadrlarni yetishtirib borishga harakat qiladigan Xomyakov «Andijon»da ham ushbu falsafasidan foydalanishni rejalashtirgan!», - deyiladi klub xabarida.

O‘tgan mavsumda Pro-Ligada chempion bo‘lib yuqori ligaga qaytgan «Andijon»ni mavsum boshida Eldor Sakayev boshqargan, ammo qoniqarsiz natijalar tufayli u iste’foga chiqarilgan edi. So‘nggi turlarda «burgutlar»ni katta murabbiy Jamshid Saidov vaqtinchalik boshqarib turgandi.

«Andijon» 10 turdan keyin 8 ochko bilan 11-o‘rinda joylashib turibdi.

Aleksandr Xomyakov 2009 yildan buyon «Mash’al»ni boshqarib kelayotgan edi. U muborakliklar jamoasini 318 o‘yinda maydonga olib tushgan va ularning 131 tasida g‘alaba qozongan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • "Lokomotiv" yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi 11 dek, 22:30
  • Baxtiyor Ashurmatov yana Superliga klubiga bosh murabbiy bo‘ldi 09 dek, 11:59
  • Rasmiy xabar: Tachmurod Agamurodov - “Dinamo” bosh murabbiyi 26 sen, 12:25
  • «Navbahor» bosh murabbiy Jurjevich iste’fosini e’lon qildi 28 avg, 22:35
  • Viktor Jalilov va Amet Memet «Andijon»da ish boshladi 15 dek, 20:32
  • Viktor Kumikov "Olmaliq" bosh murabbiyi etib tayinlandi 16 dek, 21:47
  • So'nggi yangiliklar
  • Virusli infeksiyalarni davolashda qo‘llanadigan dorivor o‘simliklar aytildi 16 iyul, 18:13 1
  • O‘zbekistonda koronavirus tufayli vafot etayotganlarning o‘limiga asosan ortiqcha vazn va pnevmaniya sabab bo‘lyaptimi? 16 iyul, 17:48 85
  • "Paxtakor" - AGMK uchrashuvi kelishilgan edimi? 16 iyul, 17:30 132
  • Rostovliklarning bor umidi Eldordan! 16 iyul, 17:13 264
  • O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi o‘ldimi? 16 iyul, 16:58 584
  • Nurmagomedov otasining vafotidan so‘ng ilk bor super jangda qatnashadi 16 iyul, 16:53 129
  • Turkmaniston prezidenti niqob taqib baliq oviga chiqdi (foto, video) 16 iyul, 16:31 191
  • Ozarboyjon va Armaniston chegarasida yana to‘qnashuvlar boshlandi 16 iyul, 16:10 520
  • Dorixonadagi mojaro tafsilotlari ma’lum qilindi (video) 16 iyul, 15:47 708
  • AQSH va Xitoy raqobati: ikkinchi «sovuq urush»da kim g‘olib bo‘ladi? 16 iyul, 15:25 236
  • 17 iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda? 16 iyul, 15:02 559
  • Ukrainalik teleboshlovchining old tishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida tushib qoldi (video) 16 iyul, 14:43 372
  • Bo‘limlar