“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 09:51
ЎЗO‘Z

Parkentda an’anaviy sayyor qabul o‘tkazildi

31 мая, 14:19 3 269 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Parkentda an’anaviy sayyor qabul o‘tkazildi Toshkent viloyatining Parkent tumanida Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbarlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Ommaviy sayyor qabulda viloyat sektor rahbarlari, tegishli tashkilot mas’ullari, viloyatning barcha tumanlaridan vakillar ishtirok etishdilar.

Tadbirda Davlat soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Alimjon Fayzibayev rahbarligi ostida Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi 3 nafar fuqarolarga ya’ni: Oybek MFY, Istirohat ko‘chasi, 55-uyda yashovchi fuqaro Zulxumor Sarimsoqova nogironligi bo‘lgan turmush o‘rtog‘iga aravacha va Toshkent tibbiyot akademiyasida davolanishi uchun order, Uchqun MFY, Go‘zal ko‘chasi, 34-uyda istiqomat qiluvchi Burxon Xoldorovning 2 nafar nogiron farzandini davolatish uchun dori-darmonlar, Uchqun MFY, Uchqun ko‘chasi, 7-uyda istiqomat qiluvchi Sobira Agzamovaga gaz hisoblagich berildi.
Shuningdek, Zangiota tumani, Sahovat MFY, A.Navoiy ko‘chasi, 4-uyda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Muhammad Bekitovga televizor tantanali ravishda topshirildi.

Bizning asosiy maqadimiz, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish – deydi, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Abdujalil Qurbonov.

Tadbirda Qibray, Toshkent, Yuqorichirchiq, Qo‘yichirchiq tumanlari va Ohangaron shahridan tashrif buyurgan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 5 nafar nogironligi mavjud fuqarolarga nogironlik aravachalari, mikroto‘lqinli pechlar, sovutgichlar (ventelyatorlar) berildi.

Qabulga keluvchi fuqarolarning 4 nafari tuman kadastr bo‘limlariga o‘zlari yashab turgan uy-joylariga egalik huquqini tasdiqlovchi kadastr hujjatlarini olish yoki tiklash maqsadida bir necha marta murojaat qilganlar va bu murojaat hanuzgacha o‘z yechimini topmagan.

Mazkur sayyor qabulda 4-sektor rahbari tomonidan ushbu masalaga barham berilib, fuqarolar o‘y-joyga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlarni olishdi.

- Bugun mening ham murojaatim ijobiy hal etildi. Hanuzgacha yashab turgan uyimga egalik huquqini tasdiqlovchi kadastr xujjatlarim yo‘q edi. Hozir mana shu hujjatni oldim - deydi, Nurafshon shahrida yashovchi Gavhar Xolmatova ko‘zlarida yosh bilan. Ikki yillik ovoragarchiligim bir soatda hal bo‘ldi. Menga yaqindan yordam bergan 4-sektor ishchi guruhiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Sayyor qabulda 242 nafardan ortiq fuqarolar 198 ta muammoli masalalar bilan murojaat etdilar, shundan 150 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi. 39 nafar fuqarolarning masalalari yechim topilishi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 0
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 0
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 81
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 196
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 52
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 268
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 0
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 0
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 1
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 3
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 26
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 12
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 57
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 228
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 432
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 358
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 194
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 144
  • Bo‘limlar