“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 17:06
ЎЗO‘Z

Germaniya O‘zbekistonga tibbiyotni rivojlantirish uchun 123,8 mln yevro mablag‘ ajratadi

29 мая, 21:23 2 656 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Germaniya O‘zbekistonga tibbiyotni rivojlantirish uchun 123,8 mln yevro mablag‘ ajratadi Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer O‘zbekistonga 2 kunlik tashrifi davomida O‘zbekiston hukumatini islohotlar yo‘lini davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda DW nemis nashri xabar berdi.

Shtaynmayer O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralardan keyin O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi yutuqlari ortidan “katta hurmat bilan” kuzatishini ta’kidlab o‘tgan.

“Markaziy Osiyo respublikasi rahbariyati islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettirishi kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Germaniya prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, “Islohotlar har doim ham so‘zsiz qo‘llab-quvvatlanmasligini, biroq orqaga yo‘l yo‘qligini” ta’kidlab o‘tgan.

Shu kuniyoq ikki davlat vakillari hamkorlikni kengaytirish haqidagi kelishuvni imzolashgan. Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish masalalari vazirligi keyingi 2 yil ichida bu maqsadlarda 123,8 mln yevro ajratishga va’da bergan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zaro hamkorlik O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qamrab oladi. Berlin ajratadigan mablag‘lar, jumladan, O‘zbekiston viloyatlaridagi shifoxonalarni modernizatsiyalash, tibbiy personal uchun ta’lim dasturlari, silga qarshi kurash hamda qishloq xo‘jaligini mustahkamlash uchun yo‘naltiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 104
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 210
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 132
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 75
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 214
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 0
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 0
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 2
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 3
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 17
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 44
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 52
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 41
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 46
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 86
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 32
  • Bo‘limlar