“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 21:17
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda hokimlarning o‘rinbosarlari soni yana bittaga ko‘paydi

24 мая, 10:53 3 446 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda hokimlarning o‘rinbosarlari soni yana bittaga ko‘paydi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorda ta’kidlanishicha, foydalanilmayotgan ob’ektlardan samarali foydalanish, shuningdek bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari (“yo‘l xaritalari”)ni ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyasining ishchi organi funksiyalari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi zimmasiga yuklatildi.

Vazirlikka qo‘shimcha ravishda 70 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalariga 5 tadan shtat birliklari ajratildi.

Qarorga muvofiq, quyidagi lavozimlar joriy etildi:

- hokim o‘rinbosari – viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i;
- hokim o‘rinbosari – tuman (shahar) investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i.

Qaror bilan ayrim viloyat, shahar, tuman hokimliklaridagi bir qator lavozimlar, jumladan, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklaridagi hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi.

Viloyatlarda, tumanlarda (shaharlarda) kichik sanoat zonalarini hamda Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish borasidagi vazifalar hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli birinchi o‘rinbosari zimmasiga yuklandi.

Shuningdek, qaror bilan Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

Markaz direktori Hukumat tomonidan tayinlanadi hamda u moddiy ta’minot, ijtimoiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 194
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 52
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 146
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 149
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 59
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 33
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 11
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 31
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 75
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 151
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 81
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 46
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 63
  • Bo‘limlar