“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 04:00
ЎЗO‘Z

Byudjetni oson yuritish uchun 4 ta maslahat

22 мая, 21:13 3 125 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Byudjetni oson yuritish uchun 4 ta maslahat Ko‘pchiligimiz qancha pul sarflayotganimizni bilmaymiz. Bunga sabab – aniq byudjetning mavjud emasligi. Kimdir jami xaridlar uchun qancha pul ketayotganini tushunishdan cho‘chiydi, boshqalar esa byudjet yuritishni murakkab va ko‘p mehnat talab etadigan ish deb hisoblaydilar. Pulni hisoblash qanchalik oson ekanligi haqida hikoya qilamiz.

Foto: Unsplash
Kartadan to‘lang

Birinchidan, banklar buning uchun keshbek to‘lashga tayyor. Ikkinchidan, kartadan pul to‘lash bir oyda qancha pul sarflanayotganini aniq kuzatish imkonini beradi. Ko‘pchilik bank mobil ilovalari xarajatlar kategoriyalarga qarab ajratilgan diagrammani ko‘rsatadi: kiyim-kechak, supermarketlar, ko‘ngilochar mashg‘ulotlar va hokazo. Har bir xarajatdan keyin chekdagi ma’lumotni yozib olish shart bo‘lmaydi. Ilovani ochishning o‘zi yetarli.

Foto: Unsplash
Smartfon uchun ilovadan foydalaning

Tasavvur qilaylik, siz ancha oldin naqd puldan voz kechib, karta orqali to‘lovlarni amalga oshiryapsiz. Bir necha kartalardan foydalansangiz, byudjetni hisoblash qay darajada qulay? Axir oy oxirida har bir kategoriyani hisoblab chiqish qulay emas-da. Bunda sizga smartfon uchun mo‘ljallangan ilovalar yordamga keladi. Ular barcha kartalar bo‘yicha xarajatlarni to‘playdi. Ulardan eng mashhurlari — «Dzen-mani», «Koinkiper».

Foto: Unsplash
To‘lovlarni avtomatlashtiring

Har birimizda kerakli xarajatlar bo‘ladi. Ularsiz yashashning iloji yo‘q. Bu kommunal to‘lovlar, telefon, internet, bolalar bog‘chasi va bolaning kurslari uchun to‘lovlar. Ularni esdan chiqarmaslik va pulni ortiqcha narsalarga sarflamaslik uchun onlayn bankda avtomatik to‘lovlarni sozlang. Mablag‘ maosh olinganining ertasiga yechib olingani qulayroq. Ana o‘shanda pul barcha xarajatlar uchun yetishi aniq.

Foto: Unsplash
O‘zingizni nazorat qiling

Ko‘zdan qochiriladigan mayda xarajatlar talaygina. Do‘konchadagi gazli suv, qahvaga qo‘shimcha sirop. Bu juda arzondek tuyuladi, biroq oy oxiriga kelib katta mablag‘ to‘planadi. Byudjetni taqsimlashga harakat qiling. Masalan, oy boshida zaruriy to‘lovlar va moliyaviy yostiq uchun pul ajrating. Qolgan pulni kunlar soniga taqsimlang. Shunda sizda har kuni sarflashingiz mumkin bo‘lgan mablag‘ paydo bo‘ladi. Limitdan oshirib yubordingizmi? Kelasi kuni kamroq pul sarflashga to‘g‘ri keladi. Jami byudjet bilan bunday qilolmaysiz, faqat ayrim kategoriyalarga nisbatan bu usulni qo‘llash mumkin. Masalan, uydan tashqarida ovqatlanishga ko‘p pul sarflasangiz, limit belgilab, uni kunlar soniga taqsimlang.

Siz ham byudjet yuritasizmi?




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 101
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 264
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 174
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 247
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 390
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 178
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar