“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:45
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: «Qarsak chalaversanglar, ura-ura qilaversanglar, bizning ham oyog‘imiz yerdan uzilsa, keyin odamlar kimga ishonadi?»

17 мая, 14:14 3 897 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: «Qarsak chalaversanglar, ura-ura qilaversanglar, bizning ham oyog‘imiz yerdan uzilsa, keyin odamlar kimga ishonadi?» Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Andijon viloyati hokimligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

«Kun.uz»ning ma’lum qilishicha, prezident yig‘ilish davomida viloyat aholisi o‘sib borayotgani yana ko‘plab uylar qurilishi va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi kerakligini ta’kidladi.

«Viloyatda 134 ming kishi ishsiz, 283 ming kishi xorijga ishlashga ketgan. 417 ming kishiga, ya’ni mehnatga yaroqli aholining 30 foizi uchun ish o‘rinlari kerak.

Agar viloyatdagi tumanlar sektorlari rahbarlari o‘tgan ikki yil davomida kerakli ishlarni qilib, ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri yo‘naltirganida edi, hech bo‘lmasa 250 ming kishi uchun ish o‘rni yaratish mumkin bo‘lardi.

Viloyatdagi avtomobil zavodi (GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi - tahr.) bizga ko‘p yordam bermayapti. Zavod rahbarlarini almashtirdik, korrupsiyani yo‘qotdik.

Zavod qancha yildan beri ishlayotgan bo‘lsa, hali ham uskunani Koreyadan olib keladi.

Bunaqa zavoddan 5ta qurib, raqobatbardosh qilish kerak. Odamlar o‘zi uchun arzonini tanlab olishi kerak. Biz bitta zavodga hamma sharoitlarni yaratib berdik, boshqa davlatlar ishchilarini boqib yurdik.

Bitta mashina zavodi 3 million aholini boqadimi? Hech qachon boqa olmaydi. Shuning uchun, Hyundai zavodlarini ochyapmiz vodiyning boshqa viloyatlarida. Jizzaxda zavod ochyapmiz.

Chunki, mashina raqobatbardosh bo‘lishi kerak. Bozor iqtisodiyoti shunday. Bu zavodga esa shuncha yil davomida barcha sharoitlarni berib qo‘ydik, mazza qilib yurishdi, aqlini ishlatmay yurishdi. Qanday qilib 20 yildan beri mashina uchun barcha xom ashyo va ehtiyot qismlarni Koreyadan olib kelib yurish mumkin? Biz o‘zimiz eplay olmaymizmi?

Bugun vazifa qo‘ydim, zavod 10 ming ishchi o‘rni yaratishi kerak. Yo‘qsa bunaqa zavod kerakmas. Holbuki, viloyatda 417 ming ishchi o‘rni yaratilishi kerak.

Men har kuni uchtadan qaror chiqarishim mumkin, lekin birgina Andijonda yarim million kishi ishsiz bo‘lsa, odamlar bizdan rozi bo‘ladimi? Maqtayversanglar, qarsak chalaversanglar, ura-ura qilaversanglar, bizning ham oyog‘imiz yerdan uzilsa, keyin odamlar kimga ishonadi?», dedi prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 25
  • So'nggi yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 0
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 55
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 265
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 64
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • Bo‘limlar