“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 01:44
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda tarvuz eksporti boshlandi

16 мая, 12:33 3 912 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda tarvuz eksporti boshlandi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi "Gissar Effect" MChJda bu yil dehqonchilik yumushlariga erta kirishilgan edi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Mehnatsevar dehqonlarimiz dalaga urug‘ qadash fursatini kutib o‘tirmasdan, issiqxonalarda urug‘ni muddatidan avvalroq ekib, har galgidan barvaqt hosil yig‘ishtirib olishga erishmoqdalar. Asosiysi, ushbu mahsulotlar ichki bozordan orttirilib, chetga eksportga chiqarilmoqda.

Joriy yil dekabr oyida bir gektar yer maydoniga maxsus tayyorlangan issiqxonada urug‘lar qadalib, may oyida birinchi hosilda 4 tonnadan ziyod tarvuz yig‘ishtirib olindi. Quvonarlisi, tarvuzlar mashinalarga yuklanib, Qozog‘iston mamlakatiga eksport qilindi. Kelgusida esa, 20 tonnagacha hosil olish mo‘ljallanmoqda.

Viloyatimiz eksport salohiyatini oshirish maqsadida bojxona postimiz tomonidan har kuni 24 soat davomida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirib kelmoqdamiz, – deydi “Kitob” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i Botir Javliyev. – Bu esa, tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish bilan birga, viloyat eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Aytish joizki, mamlakatimiz bo‘ylab yetishtirilayotgan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mazasi bilan xorij mamlakatlari orasida mashhur. Viloyatimiz bo‘ylab eksport faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxonalar sonining ortib borayotganligi hamda aholini ish bilan bandligi ta’minlanayotganligi esa har jihatdan ahamiyatga molikdir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 122
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 83
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 156
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 83
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 75
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 0
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 1
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 11
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 12
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 31
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 52
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 111
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 105
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 71
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 57
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 122
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 355
  • Bo‘limlar