“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 12:32
ЎЗO‘Z

IIV andijonlik yigit organ xodimlarining qiynog‘idan so‘ng o‘zini osgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

12 мая, 22:00 3 884 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIV andijonlik yigit organ xodimlarining qiynog‘idan so‘ng o‘zini osgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi “Andijonlik yigit organ xodimlarining qiynog‘idan so‘ng o‘zini osganligi iddao qilindi” sarlavhasi bilan 11 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarni o‘rganib chiqqanligini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 4 may kuni soat 16.00larda, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahridagi “Zamin” oshxonasi oldida o‘zini shubhali tutgan, Asaka tumanilik M.Haydarova to‘xtatilib, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilganida, u o‘z ixtiyori bilan qo‘lidagi 1 dona konvalyutada bo‘lgan “Fenazepam” psixotrop vositasini taqdim qilgan.

Ayoldan “Fenazepam” psixotrop vositasini qayerdan olganligi so‘ralganida u mazkur psixotrop vositasini 40 ming so‘m evaziga o‘ziga tanish bo‘lgan Andijon shahar, “Mustaqillik” mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi, 2019 yil 3 aprel kuni Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan sudlangan, 4 yil 9 oy 18 kun ozodlikdan cheklash jazosini o‘tayotgan B.Yunusovdan olganligini ma’lum qilgan.

B.Yunusov bilan o‘tkazilgan suhbatda u singlisi, Andijon shahar B.Rahimov ko‘chasida yashovchi, 2018 yil 14 may kuni Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, hozirda 2 yillik sinov muddatini o‘tab kelayotgan G.Haitboyevaga telefon qilib, uning topshirig‘iga asosan Haitboyevaning tanishidan “Fenazepam” psixotrop vositasini olib, M.Xaydarovaga berganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holatni hujjatlashtirish maqsadida, tezkor xodimlar tomonidan ushbu ishga aloqador shaxslar Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi binosiga olib kelingan. Gumon qilingan shaxslar bilan bog‘liq holatlar rasmiylashtirilib, B.Yunusov va M.Haydarovalarning ko‘rgazmalari ikki nafar xolislar ishtirokida videotasvirga tushirilgan.

“2019 yil 4 may kuni mazkur holatni rasmiylashtirish jarayonida fuqaro B.Yunusov va M.Haydarovalar bilan bog‘liq surishtiruvni to‘la, har tomonlama va xolisona bo‘lishini ta’minlash maqsadida tibbiyot xodimlari ishtirokida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning sog‘lomligi haqidagi ma’lumotnoma ish hujjatlariga qo‘shilgan”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Qayd etilishicha, surishtiruv hujjatlari rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy hal etish uchun Andijon shahar IIO FMB Tergov bo‘limiga taqdim etilgan.

10 may kuni Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-son ichki ishlar bo‘limi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tayanch punktlari profilaktika inspektori F.Isamiddinov soat 19.00larda B.Yunusov noma’lum sabablarga ko‘ra, yashash uyi omborxonasining to‘siniga arqon bilan o‘zini-o‘zi osib o‘ldirganligini telefon orqali xabar qilgan.

Voqea joyi tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan va ko‘zdan kechirish vaqtida B.Yunusovning yotoqxonasidan karton qutining ichki tarafiga ko‘k siyohli qalamda “Mendan rozi bo‘linglar, meni kechiringlar” yozuvi mavjud qo‘lyozma olingan. Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmokda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 0
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 39
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 314
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 429
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 101
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 248
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 38
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 51
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 255
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 129
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 147
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 115
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 88
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 123
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 52
  • Bo‘limlar