“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 22:56
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanidagi maktabga bordi

10 мая, 23:23 3 994 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanidagi maktabga bordi Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanidagi umumta’lim maktabi va tikuvchilik sexini borib ko‘rdi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Birlik mahallasida joylashgan 238-maktabda ikki mingdan ziyod o‘quvchi ta’lim oladi. 1969 yilda qurilgan bino eskirgan. Maktab sig‘imiga nisbatan o‘quvchilar soni juda ko‘pligi sababli darslar ikki smenada yo‘lga qo‘yilgan. 2018 yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq 240 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilgan. Lekin poytaxtimizda eski, sig‘imi kichkina maktablar hali ko‘p.

Shu yerda Toshkent shahrida yangi maktablar qurish va mavjudlarini kengaytirishga oid rejalar muhokama qilindi.

Prezidentimiz maktablar sig‘imini oshirish uchun ularni to‘rt qavatli qilib qurish, shu bilan birga bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi. O‘qituvchilarga qo‘shimcha sharoit yaratish orqali o‘quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Davlatimiz rahbari «Kozimjon reyting servis» korxonasi tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik sexida ham bo‘ldi.

Ushbu loyiha «Ko‘kcha tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Xorijdan 100 ta zamonaviy tikuv mashinasi va yordamchi uskunalar olib kelib o‘rnatildi. Natijada yiliga 500 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati yaratildi. Band bo‘lmagan 200 nafar xotin-qiz qayta o‘qitilib, ishga qabul qilindi.

Foto: Prezidentning matbuot xizmati
Prezident mahsulotlar turini ko‘paytirish va sifatiga e’tibor qaratish, bozorni doimiy o‘rganib, eksportini ham yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Korxona faoliyatini kengaytirish va ishni ikki smenada tashkil etish orqali yana ko‘proq xotin-qizlarni jalb etish, ularning bandligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Shu yerda Uchtepa tumanida qurilayotgan boshqa korxonalar haqida ham ma’lumot berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi 16 apr, 22:45 0
  • 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi 16 apr, 22:16 0
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 58
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 158
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 59
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 0
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 5
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 58
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 103
  • Malayziya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonni yutish uchun eng zo‘r o‘yinimizni namoyish etishimiz shart" 16 apr, 20:20 48
  • U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi" 16 apr, 19:56 76
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 194
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 153
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 66
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 333
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 16 apr, 18:17 45
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 158
  • Bo‘limlar