“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 19:56
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev zargarlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

08 мая, 22:43 3 101 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev zargarlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga sharoitni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Zargarlik mahsulotlari butun dunyoda talab yuqori bo‘lgan tovarlardandir. Jahon zargarlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi yiliga 5-6 foizga o‘sayotgani, tovar aylanmasi 250 milliard dollardan oshayotgani uning ulkan eksport salohiyatidan dalolat beradi.

Mamlakatimizda bu tarmoq e’tibordan chetda qolgandi. Zargarlik korxonalari asbob-uskunalarining 80 foizi eskirgan, ayrimlarida ishlab chiqarish to‘xtagan edi.

Qimmatbaho metallarni zargarlarga sotishda ham ko‘plab cheklovlar bor edi. Joriy yil 1 martdan boshlab qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilarga birja orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat berildi.

Endigi maqsad – zargarlikni chinakam sanoat darajasiga olib chiqish.

Davlatimiz rahbari buning uchun xomashyodan samarali foydalanish, tarmoqqa faol investitsiya jalb etib, zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish kerakligini ta’kidladi.

Tilla, platina va kumush narxining yuqoriligi sababli tizim korxonalari aylanma mablag‘i ko‘p emas. Shu bois zargarlik sanoatida soliq yukini qayta ko‘rib chiqish, import qilinadigan xomashyo va uskunalarni bojxona to‘lovlaridan ozod qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Davlat zargarlik korxonalariga xalqaro brendga ega kompaniyalar investitsiyalarini jalb qilish, ishlab chiqaruvchilar uchun qimmatbaho metallar xarid qilishga imtiyozli kredit ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.

Yurtimizda zargarlik asosan taqinchoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Aslida esa bu sohaning yo‘nalishlari ko‘p. Tilladan yasalgan soat, ruchka va turli esdalik sovg‘alari, kumushdan tayyorlangan oshxona to‘plamlari jahon bozorida juda xaridorgir.

Masalan, 4 kilogramm kumush ishlatiladigan bitta oshxona to‘plami o‘rtacha 4 ming dollar turadi. Mamlakatimizda yiliga yuz tonnadan ziyod kumush ishlab chiqarilishini inobatga olsak, bunday mahsulotlar eksportini bir necha million dollarga yetkazish mumkinligi oydinlashadi.

Yana bir masala. O‘zbekistonda berill, ametist, feruza, malaxit, lazurit, opal kabi qimmatbaho toshlar zaxiralari bo‘lsa-da, ular sanoat darajasida o‘zlashtirilmagan.

Shulardan kelib chiqib, yig‘ilishda zargarlikning barcha turlarini rivojlantirish, tarmoq uchun zarur toshlarni o‘zlashtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Hozirda yakka tartibdagi zargar-tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish huquqiga ega emasligi sababli vositachi do‘konlarga topshirishga majbur bo‘lmoqda. Shuningdek, asillik darajasini belgilash, tayyor zargarlik buyumlarini chet elga olib chiqishga oid tartiblarning murakkabligi ham aholi va tadbirkorlarga noqulaylik tug‘dirmoqda.

Prezidentimiz mazkur masalalarni hal etish uchun zargarlik mahsulotlarini erkin bozorga olib chiqishdagi to‘siqlarni olib tashlash, yakka tartibda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini sotish huquqini berish zarurligini ta’kidladi.

Asillik darajasini belgilovchi tamg‘ani mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonaning o‘zi qo‘yishi, jismoniy shaxslar tomonidan zargarlik buyumlarini chet elga olib chiqish tartibi soddalashtirilishi lozimligi qayd etildi. Chakana savdo nuqtalarida zargarlik buyumlarini qabul qilish va sotishning elektron hisobini yuritish, noqonuniy savdoning oldini olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

«O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda berilgan topshiriq va zarur chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan qaror loyihasi tayyorlash vazifasi qo‘yildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 0
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 94
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 81
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 73
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 95
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 574
  • So'nggi yangiliklar
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 0
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 1
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 0
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 3
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 29
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 86
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 21
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 44
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 51
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 196
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 61
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 184
  • Bo‘limlar