“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 10:10
ЎЗO‘Z

Aprel oyida narxlar necha foizga oshgani ma’lum qilindi

01 мая, 10:30 3 341 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aprel oyida narxlar necha foizga oshgani ma’lum qilindi 2019 yilning aprel oyida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari o‘rtacha 0,9%ga ko‘tarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-aprel oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari 5,3%ga qimmatlashdi. 2018 yilning aprel oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar 13,7%ga oshdi.

2019 yilning aprelida tovarlar oy davomida 1,0%, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari 1,0%, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,1%ga qimmatlashdi. Xizmatlar narxlari esa 0,6%ga oshdi.

Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-aprel oylari davomida oziq-ovqat mahsulotlari 7,4%, nooziq-ovqat mahsulotlari 3,9%, xizmatlar 3,1%ga qimmatlashdi.

Yil davomida (2019 yil aprel oyi 2018 yilning aprel oyiga nisbatan) oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 16,0%, nooziq-ovqat mahsulotlari 11,1%, xizmatlar 13,3%ga ko‘tarildi.

2019 yilning aprel oyida har bir yirik guruhning salmoq vaznlarini inobatga olgan holdagi umumiy iste’mol narxlari indeksiga tovarlar narxlari o‘zgarishi katta ta’sir ko‘rsatib (0,8 foiz darajasida, keyingi o‘rinlarda f.d.), bu vaqtda xizmatlar ta’siri 0,1 f.dni tashkil etgan.

Oziq-ovqat mahsulotlaridan narxlarning o‘sishi borasidagi yetakchilik so‘nggi ikki oy davomida meva-sabzavot hamda sut mahsulotlari guruhiga tegishli bo‘lib qolmoqda (narxlar mos ravishda 2,4% va 1,1%ga qimmatlashgan).

2019 yilning mart oyida mevalar, sabzavotlar va kartoshka narxlari 4,5%, sut mahsulotlari 1,5%ga qimmatlashgan. Tuxum narxlari esa ketma-ket uch oy davomida arzonlashib bormoqda (fevralda 0,2%, mart oyida 1,2%, aprelda 3,1%).

Umumiy hisobda, 2019 yilning yanvar-aprel oylari davomida narxlarning o‘sishi bo‘yicha yetakchi uchlikni meva-sabzavot (20,5%), sut mahsulotlari (9,3%) va umumiy ovqatlanish (8,8%) narxlari band etgan.

2018 yilning oxiriga nisbatan mevalar 27,8%, sabzavotlar 16,2%, kartoshka 7,9%ga qimmatlashgan. Oy davomida meva-sabzavot mahsulotlaridan karam (20,1%), piyoz (17,3%), uzum (15,7%), oshqovoq (15,5%), sabzi (8,5%), kartoshka (6,6%) narxlari sezilarli darajada qimmatlashdi. Shu bilan bir qatorda bodring narxlari 46,6%ga arzonlashdi.

2018 yilning dekabr oyiga nisbatan narxlarning o‘sishi borasida yetakchi o‘rinlar uzum (1,7 baravar), tarvuz va karam (1,5 baravar), pomidor, qovun va qovoq (1,4 baravar) mahsulotlari narxlariga tegishlidir. Shu bilan bir qatorda 2019 yilning to‘rt oyi davomida bording sezilarli darajada arzonlashdi (38,8%).

Yillik natijalarga ko‘ra, karam (3,1 baravar), sabzi (2,3 baravar), lavlagi (1,4 baravar), tarvuz, qovun va oshqovoq (1,3 baravar) narxlari boshqa turdagi mahsulotlarga nisbatan bir muncha yuqori darajada qimmatlashdi. Shu bilan bir qatorda, 2018 yilning aprel oyiga nisbatan sarimsoq (35,1%), olma (23,0%), kartoshka (20,4%), bodring (15,4%), pomidor (12,3%) va banan (0,1%) narxlari arzonlashganligi qayd etildi, deyiladi Davstatqo‘m xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 116
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 109
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 96
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 162
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 107
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 170
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 138
  • Bo‘limlar