“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 17:57
ЎЗO‘Z

Tadbirkordan 4000 dollar so‘ragan «O‘zbekinvest» bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi

30 apr, 08:54 3 049 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadbirkordan 4000 dollar so‘ragan «O‘zbekinvest» bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi Qashqadaryo viloyatida mahalliy tadbirkorlardan biri Qarshi shahrida oziq-ovqat mahsulotlari saqlashga mo‘ljallangan sovutgichli omborxona qurish uchun 1 milliard so‘m miqdorida kredit olish maqsadida tijorat bankiga murojaat qilgan, deb yozmoqda O‘zA.

Belgilangan tartibga ko‘ra tadbirkorga bankdan kredit olish uchun dastlab sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilishi lozimligi aytiladi. Tadbirkor “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasining Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i S.K.ga borib uchrashganida esa, u 4000 AQSh dollari evaziga 1 milliard so‘m miqdorida kredit ajratilishiga ko‘maklashishni va’da qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda S.K. tadbirkordan 4 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan S.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 0
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 42
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 53
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 31
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 43
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 24
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 0
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 0
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 25
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 44
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 42
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 53
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 31
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 330
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 43
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 24
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 36
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 26
  • Bo‘limlar