“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 08:20
ЎЗO‘Z

Aliment pulini to‘lamagan ota ozodlikdan mahrum etildi

29 apr, 18:23 4 066 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aliment pulini to‘lamagan ota ozodlikdan mahrum etildi Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 28.04.2017 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor X.Yuldashevdan undiruvchi M.Yuldashevaning bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirilishi belgilangan bo‘lsa-da, X.Yuldashev 24 oy davomida 8 mln. 593 ming so‘m miqdorida aliment qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lamagan.

Aliment qarzdorligini to‘lamay qasddan bo‘yin tovlab kelgan X.Yuldashevga nisbatan, Yashnobod tumani ma’muriy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJkTning 474 –moddasi bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsa-da, o‘z farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini yana to‘lamay kelgan.

Fuqaro X.Yuldashevga nisbatan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagani uchun, O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda jinoyat ishi sud muhokamasida ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 23.04.2014 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor F.Babadjanov undiruvchi N.Babadjanova foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashi lozimligi aniq bo‘lsada, bu haqda bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay, muqaddam Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan 29.06.2017 yil sudlanganidan va 21.09.2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi MJkTning 474–moddasi bilan ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan bo‘lsada, o‘ziga xulosa chiqarmasdan 19 mln. 780 ming so‘mlik miqdoridagi aliment qarzdorligini to‘lamasdan kelgan.

Byuroning Yashonobod tuman bo‘limi tomonidan unga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni qasddan sodir etgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Sudning hukmiga ko‘ra, F.Babadjanov JKning 122-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 40
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 52
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 49
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 136
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 163
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 109
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 225
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 31
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 81
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 135
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 147
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 170
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 72
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 114
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 100
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 39
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 79
  • Bo‘limlar