“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:58
ЎЗO‘Z

Pogba «Real» bilan kelishib oldi, u Madridda Ramosdan ko‘proq maosh oladi

27 apr, 20:28 2 562 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pogba «Real» bilan kelishib oldi, u Madridda Ramosdan ko‘proq maosh oladi «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba faoliyatini «Real»da davom ettirishga yaqin.

Kun.uz nashrining yozishicha, 26 yoshli xavbek «qaymoqranglilar» bilan imzolanajak bitim shartlarini kelishib olgan. Unga ko‘ra, Pol Madridda yiliga 12 mln yevro maosh oladi. Bu – uning Manchesterdagi maoshidan 2 mln yevroga ko‘proq.

Bundan avval Pogbaning aynan moliyaviy talablari uning transferiga to‘siq bo‘layotgani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, «qizil iblislar» hujumchi Aleksis Sanchesga aynan shuncha – yiliga 12 mln yevro to‘lashadi, «Real» esa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi Garet Beylga 15 mln yevro ish haqi belgilagan. «Qirollik klubi» sardori Serxio Ramos esa yiliga 11,8 mln yevro maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ingliz nashrlarida Pogbaning agenti Mino Rayola «Manchester Yunayted» vakillari bilan belgilangan uchrashuvni bekor qilgani yozilgan edi. Mazkur uchrashuvda futbolchi bilan shartnomani uzaytirish masalasi muhokama qilinishi kerak edi.

Ta’kidlanishicha, Manchesterga kelganidan buyon klubning muvaffaqiyat qozona olmayotganidan Pogbaning xafsalasi pir bo‘lgan. U faoliyatini «Real»da davom ettirishni istayotganini rahbariyatga ma’lum qilib ulgurgan.

Kecha esa fransiyalik yulduz mankunianliklar bilan yozgi mavsumoldi sayohatiga borish uchun talab qilinadigan Xitoy vizasini rasmiylashtirishni istamagani ma’lum bo‘lgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 8
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 75
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 420
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 204
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 89
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 389
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar