“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 17:41
ЎЗO‘Z

Shomurodov o‘zini Messi va Ozmunga qiyoslashlariga munosabat bildirdi (video)

17 apr, 16:41 3 690 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shomurodov o‘zini Messi va Ozmunga qiyoslashlariga munosabat bildirdi (video) «Rostov» hujumchisi, yakshanba kuni «Spartak» bilan o‘yinda (2:1) g‘alaba golini urgan Eldor Shomurodov «Sport Ekspress» muxbiri savollariga javob qaytardi.

– Dushanbada Rostov-Donning haqiqiy qahramonidek uyg‘ondingizmi?
– Bunday demagan bo‘lardim. «Spartak» ustidan g‘ozonilgan g‘alabani unutib, keyingi o‘yin haqida o‘ylash kerak.

– Moskvaliklar birinchi navbatda nimaning hisobiga mag‘lub etildi?
– Ikkita omilni aytgan bo‘lardim: intizomli o‘yin va astoydil borini berib o‘ynash hisobiga. Yigitlar o‘yin uchun rejani bajarishdi. Va, albatta, muxlislarning qoyilmaqom qo‘llab-quvvatlashlari. Ularga gap bo‘lishi mumkin emas!

– Gol urishingizni oldindan sezganmidingiz?
– Ochig‘ini aytsam, o‘yindan oldin menga ko‘pchilik: «Eldor, sen maydonga tushib, uni golsiz tark etmaysan!» degandi. Jamoadoshlarim va muxlislar ana shunday fikrda edilar. Menga nega bunchalar ishonch bildirishayotganini bilmayman, lekin yakunda ular aytganiday bo‘ldi. (kuladi)

– «Spartak» nimasi bilan hayron qoldirdi? Mehmonlardan yaxshiroq o‘yin kutganmidingiz?
– Umuman olganda, raqibning ana shunday o‘ynashiga tayyorlangandik. Tan olish kerak, «qizil-oqlar» yetarlicha vaziyatlar yaratishdi. Biz shunchaki o‘z imkoniyatlarimizdan yaxshiroq foydalana oldik.

– O‘zbekistonda sizni Messi deb atashadi. Endi «Rostov»dagilar nima deyishyapti?
– Baribir bu fikrga qo‘shilmayman. O‘zbek Messisi deb atashlari afsona xolos. Meni hech kim bunday deb chaqirmagan.

– Unda nima deb chaqirishadi?
– Shoma yoki Shomik. Vatanimda ham, bu yerda ham.

– O‘yin tugagandan keyin Valeriy Karpin sizga nima dedi?
– «O‘zing xohlasang, qo‘lingdan keladi».

– Demak, xohlamaydigan paytlaringiz ham bo‘larkan-da?
– Yo‘q, yo‘q! Menda doimo bor imkoniyatimni ishga solib o‘ynash xohishi bo‘ladi. Shunchaki, murabbiy o‘z fikrini shunaqa ifoda etdi.

– O‘yindan keyin «Rostov» muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda: «Shomurodov – bizning yangi Ozmun» deb yoza boshlashdi...
– Yo‘q, meni Sardor bilan solishtirish yaramaydi. Unga xusumatim bor deb o‘ylamang, aksincha, uni hurmat qilaman, u – Premer-liganing eng yaxshi hujumchilaridan. Lekin Ozmun – bu Ozmun, men esa – menman. Hali yana ko‘proq gollar urishim, o‘yinimni kuchaytirishim kerak.

– Ozmun hozir RPLda birinchi raqamli hujumchimi?
– Faqat bir futbolchini ajratib ko‘rsatishga tayyor emasman. Ha, Sardorning ishlari yaxshi ketyapti. Lekin, masalan, Chalov ham bor. Yoki Dzyubani olaylik, u gol urmasa ham, «Zenit»ga katta foyda keltiradi. Kurashadi, pas beradi...
View this post on Instagram

????????????#alhamdulillah#bestplayers

A post shared by Eldor Shomurodov (@shomurodov.eldor) on


Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng «Rostov» 35 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Jamoa 5-o‘rindagi, kuni kecha o‘zi mag‘lub etgan «Spartak»dan bir ochkoga ortda qolyapti. Rostovliklar keyingi turni 20 aprel, shanba kuni «Orenburg» maydonida o‘tkazadi.

14-raqam egasi o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov RPLning bu mavsumidagi 20ta turida qatnashib, ikkita gol va bitta samarali pas muallifi bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 184
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 326
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 166
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 256
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 209
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 0
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 0
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 0
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 96
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Bo‘limlar